Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarning davlat statistika organlarida ijrosi to’g’risida 2017 yil 1 dekabr holatiga ma’lumot

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni hamda ushbu Farmon bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat statistika qo’mitasining 2017 yil 13 fevraldagi 5-sonli buyrug’i qabul qilingan.

Shu bilan birga, 2017 yil 21 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosini ta’minlash bo’yicha Davlat statistika qo’mitasining kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Ushbu kompleks chora-tadbirlar rejasining har bir bandi bo’yicha tegishli mas’ul ijrochilar belgilangan va ijrosi nazoratga olingan.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining ijrosi yuzasidan joriy yilning yanvar-noyabr oylari davomida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Davlat statistika qo’mitasi tomonidan 147 ta O’zbekiston Respublikasi qonunlari va Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etilishi ta’minlandi.

Shu bilan birga, Qo’mitaning mas’ul xodimlari qator qonun loyihalari va Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqish bo’yicha tashkil etilgan ishchi guruhlarida faoliyat olib bormoqda.

Davlat statistika organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, inson huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, yuridik shaxslarga aloqador axborotni taqdim etishning zamonaviy shakllarini amalga kiritish bo’yicha muhim masalalar, Qo’mita markaziy apparatida va hududiy statistika organlarida Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mutaxassislari ishtirokida keng muhokama qilindi
va ushbu muhokamalarda 810 nafar xodim ishtirok etdi.

Davlat statistika qo’mitasining Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi tomonidan davlat statistika organlari faoliyatining muhim jihatlari yuzasidan matbuot anjumanlarini o’tkazish bo’yicha 2017 yilning 1-yarmi uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, joriy yilning 1 may kuni Milliy matbuot markazida “Zamonaviy usullar va metodikalarni joriy etish, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari statistik ko’rsatkichlarini hisobga olish va tahlil etish tizimini takomillashtirish hisobiga statistik ma’lumotlarning sifati hamda shaffofligini oshirish yo’nalishlari va istiqbollari haqida” mavzusida matbuot anjumani o’tkazildi va mazkur anjumanga ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb qilindi.

Shu bilan birga, joriy yilning 13 iyunida Davlat statistika qo’mitasining 2017 yil 2-yarmi uchun matbuot anjumanlarini o’tkazish bo’yicha ish rejasi tasdiqlandi.

Ushbu ish rejaga muvofiq, dekabr oyining 2-o’n kunligida “Davlat statistika tizimida statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axborotlari sifatini va ularni tarqatish tizimini yaxshilash bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida” mavzusidagi matbuot anjumanini o’tkazish rejalashtirildi.

Bundan tashqari, 2017 yil 18 avgust kuni Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 2017 yilning ikkinchi yarim yilligida “Mamlakatimiz hayotidagi muhim ahamiyatga molik masalalar bo’yicha o’tkaziladigan matbuot anjumanlarining yagona rejasi” asosida “Mustaqillik yillarida Davlat statistika tizimiga axborot texnologiyalarini keng joriy etish hamda tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida matbuot anjumani o’tkazildi.

Davlat statistika qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasining etakchi oliy o’quv yurtlarida joyiga chiqqan holda seminar va “Davra suhbatlari” tashkil etish yuzasidan shu yil 29 sentyabrda grafik ishlab chiqilib, unga muvofiq, oktyabr oyining 26 sanasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti pedagog xodimlari va talabalari ishtirokida “Milliy statistika tizimi, islohotlar, natijalar va kelgusidagi vazifalar” mavzusida seminar o’tkazildi.

Davlat statistika qo’mitasida Yagona idoralararo “Kadrlar” zamonaviy axborot tizimidan foydalangan holda Qo’mita markaziy apparati xodimlari va hududiy statistika organlari xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari kiritib borilmoqda. Shu bilan birga, joriy yilning 27-29 noyabr kunlari Toshkent shahar va Toshkent viloyati statistika boshqarmalarining Kadrlar bo’limi boshliqlariga Yagona idoralararo “Kadrlar” zamonaviy axborot tizimidan foydalanish, unga xodimlarning shaxsiy ma’lumotlarini kiritish bo’yicha tegishli tushuntirishlar berildi va bosqichma-bosqich barcha hududiy statistika organlarining Kadrlar bo’limi boshliqlariga bunday tushuntirishlar berib boriladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi F-4849-sonli “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoyishiga asosan tashkil etilgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi joriy yilning 1 martidan boshlab Davlat statistika qo’mitasining Statistik ma’lumotlarni majburiy jo’natmalar reestriga kiritilgan.

Shu bilan birga, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson mafaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarning davlat statistika organlarida ijrosini ta’minlash bo’yicha yanvar-noyabr oylarida amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi ma’lumotlar “Taraqqiyot strategiyasi” markaziga yuborilgan.

Davlat statistika qo’mitasi raisining virtual qabulxonasini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va joriy yilning 6 martida tasdiqlangan. Mazkur chora-tadbirlar rejasiga asosan, Davlat statistika qo’mitasining rasmiy saytida “Raisning virtual qabulxonasi”ni tashkil etish tizimi ishlab chiqilgan. Shuningdek, Davlat statistika qo’mitasining 2017 yil 22 martdagi 19-sonli buyrug’iga asosan “Raisning virtual qabulxonasi” tizimini ishlatish Reglamenti tasdiqlangan. Joriy yilning 24 martidan boshlab Davlat statistika qo’mitasining rasmiy sayti(www.stat.uz)da “Raisning virtual qabulxonasi” ishga tushirilgan bo’lib, hozirgi kunda uzluksiz faoliyat yuritmoqda.

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 68-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, davlat statistika organlariga kelib tushayotgan murojaatlarni qonun hujjatlari talablari asosida ko’rib chiqish ishlarini takomillashtirish va tizim organlarining bu boradagi faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida, 2017 yil 11 aprelda Davlat statistika qo’mitasining 56-k-sonli buyrug’i qabul qilingan. Mazkur buyruqqa asosan Davlat statistika qo’mitasi markaziy apparatida Murojaatlar bilan ishlash va ijro nazorati boshqarmasi tashkil etilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3165-son qaroriga asosan, ushbu boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi etib qayta tashkil etilgan.

Shu bilan birga, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo’limi tashkil etilgan.

Davlat statistika qo’mitasining rasmiy saytida “Onlayn maslahat” ruknini bosqichma-bosqich joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va joriy yilning 1 martida tasdiqlangan. Shu bilan birga, ochiq kod orqali “Onlayn maslahat” maxsus dasturiy ta’minot tizimiga kirish bilan bog’liq o’rganish ishlari amalga oshirilgan va Davlat statistika qo’mitasining rasmiy saytida Mibew Messenger 2.2.0 erkin dasturiy ta’minoti negizida “Onlayn-maslahat” tizimi joriy qilingan.

Davlat statistika organlarida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish, ularning og’zaki va elektron murojaatlarini qonunchilik talablari asosida ko’rib chiqilishini ta’minlashni yanada takomillashtirish maqsadida, joriy yilning 28 fevralida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni ko’rib chiqish bo’yicha Davlat statistika qo’mitasining chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Mazkur chora-tadbirlar rejasiga asosan, Davlat statistika qo’mitasiga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosining o’z vaqtida bajarilishi doimiy nazoratga olingan va murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan doimiy monitoring tashkil etilgan.

Xususan, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Davlat statistika qo’mitasiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar soni 1934 tani tashkil etgan. Shundan 44 tasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali, 97 tasi Davlat statistika qo’mitasi raisining virtual qabulxonasi orqali, 194 tasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan, 1502 tasi to’g’ridan -to’g’ri kelib tushgan murojaatlardir.

Kelib tushgan murojaatlar Qo’mita rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, ularning barchasiga o’z muddatida to’laqonli javob yo’llanishi ta’minlangan.

Davlat statistika organlarida murojaatlar bilan ishlash bo’yicha olib borilayotgan tadbirlarning natijalari tegishli mas’ullar tomonidan tizimli tahlil va nazorat qilingan holda umumlashtirilib, Qo’mitaning kengaytirilgan Hay’at yig’ilishlarida keng muhokama qilinib borilmoqda.

Davlat statistika qo’mitasi tizimi xodimlari o’rtasida yuksak ma’naviy muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan milliy g’oya targ’ibotini va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan 2017 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi joriy yilning 6 martida tasdiqlangan. Mazkur chora-tadbirlar dasturi barcha quyi tizim organlariga etkazilgan va ijrosi nazoratga olingan.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyatini targ’ib qilishga alohida e’tibor qaratgan holda, Davlat statistika qo’mitasi tizimida joriy yilning yanvar-noyabr oylarida xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy, g’oyaviy-mafkuraviy dunyoqarashini yanada oshirish, siyosiy va huquqiy bilimini rivojlantirish maqsadida 112 ta davra suhbatlari tashkil etildi.

Davlat statistika organlarida tashkil etilgan Jamoatchilik maslahat kengashlari tomonidan har chorakda, tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining ustuvorligini ta’minlash borasida davlat statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joriy yilning yanvar-noyabr oylarida 45 ta yig’ilishlar tashkil etilib, ushbu yig’ilishlarda, tadbirkorlik sub’ektlaridan kelib tushayotgan murojaatlar, ularda ko’rilayotgan masalalar, har bir murojaatning o’z vaqtida, qonun talablari asosida, puxta va adolatli ko’rib chiqilishini hamda ularda keltirilgan masalalarni amaliy hal etilishini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilib borilmoqda.

Davlat statistika qo’mitasi rasmiy saytida nazorat organi sifatida olib borilayotgan faoliyatga doir idoraviy hujjatlar, axborotlar va ma’lumotlar muntazam ravishda qo’mitaning tegishli boshqarmalari va Yuridik bo’lim bilan birgalikda tayyorlanib, saytning tegishli ruknlariga joylashtirilib borilmoqda.

Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tavsiflovchi statistik kuzatuvlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda va statistik axborotlar hamda tahliliy ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga belgilangan muddatlarda taqdim etib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida davlat boshqaruvi organlarining 79 ta, yuridik va jismoniy shaxslarning 102 ta, korxona va tashkilotlarning 170 ta so’rovlariga asosan statistik ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy statistik ko’rsatkichlari va tahliliy axborotlar Qo’mitaning rasmiy saytida muntazam joylashtirib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining (8-ilova) 174-bandi ijrosi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda nazorat qiluvchi organlarning kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuvini va ular tomonidan o’tkaziladigan rejali tekshirishlar sonini yanada qisqartirish bo’yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Mazkur Kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlarni rejalashtirishda foydalanish uchun ular nazorati ostidagi kichik tadbirkorlik sub’ektlarining ro’yxati shakllantirilgan hamda elektron ko’rinishda joriy yilning 18 may kuni Davlat soliq qo’mitasiga yuborilgan.

Davlat dasturining 187-bandiga muvofiq, O’zbekistonning ob’ektiv reyting ko’rsatkichlarini egallashi va ulardagi mavqeini oshirish uchun talab qilinadigan statistik hamda boshqa ma’lumotlarning xalqaro hisobotlarda chop qilinishiga doir cheklovlarni bekor qilish bo’yicha takliflar tayyorlash maqsadida Davlat statistika qo’mitasi tomonidan davlat statistika organlarining faoliyati tanqidiy o’rganildi, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tajribasi va xalqaro statistik tashkilotlarning statistika faoliyatini tashkil qilish masalalari bo’yicha tavsiyalari tahlil qilindi, iqtisodiyot tarmoqlari va xududlar ko’rsatkichlarini statistikada aks ettirishda qo’llaniladigan usullar va yondashuvlar qayta ko’rib chiqildi.

Shuningdek, statistika organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining topshirig’iga muvofiq, Davlat statistika qo’mitasi tuzilmasiga o’zgartirishlar kiritish va uning funktsiyalarini kengaytirishni ko’zda tutuvchi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi va 2017 yilning 2 iyunida Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

2017 yilning 31 iyulida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 3165-son Qarori tasdiqlandi va ushbu qaror doirasida “2017-2021 yillarda statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axborotlari sifatini va ularni tarqatish tizimini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.

Dastur yo’nalishlaridan biri, xalqaro statistik tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo’lib, bunda xalqaro statistik to’plamlarda respublikaning rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlarni chop etish, xalqaro tavsiyalarga muvofiq ko’rsatkichlarni hisoblashning takomillashtirilgan metodikasini joriy etish masalalari keng o’rin olgan.

Buning uchun mazkur Dasturga xalqaro tashkilotlarning, jumladan BMTning Statistika bo’limi, BMT Evropa iqtisodiy komissiyasining statistika bo’limi, YuNESKOning statistika instituti, FAO, ESKATO, MDH Statistika qo’mitasining sanoat, xizmatlar, qishloq xo’jaligi, transport, demografiya, ta’lim, innovatsiya sohalari va milliy hisoblar bo’yicha 17 ta savolnomalarini to’ldirish yo’li bilan O’zbekiston to’g’risidagi statistik ma’lumotlarni xalqaro tashkilotlarning elektron ma’lumotlar bazalari va maxsus nashrlarida joylashtirish bo’yicha tadbirlar kiritilgan.

Bundan tashqari, yuqorida qayd etilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida Xalqaro valyuta fondining Ma’lumotlarni tarqatish umumiy tizimi va Ma’lumotlarni tarqatish maxsus tizimiga qo’shilish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi bo’yicha iqtisodiy va moliyaviy ma’lumotlarning qulayligi va ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi F-5054-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat statistika qo’mitasi tomonidan, 2017 yilning 14 sentyabrida maxsus buyruq va 25 sentyabrida kompleks chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi.

Shuningdek, farmoyishning 6-bandiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasini Xalqaro valyuta fondining kengaytirilgan Ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimiga ulanishi yuzasidan Xalqaro valyuta fondi Statistika departamentiga 2017 yil 15 sentyabrda murojaat xati yuborildi va 2017 yilning 25 oktyabrida XVFdan ijobiy javob xati olindi.

Bundan tashqari, iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy ko’rsatkichlarning Xalqaro valyuta fondi standartlariga mos kelishi yuzasidan inventarizatsiya o’tkazish ishlarini tashkillashtirish hamda doimiy ravishda ishlarni tizimli yo’lga qo’yish maqsadida, masalaga taalluqli vazirlik va idoralar bilan birgalikda joriy yilning 21 sentyabr kuni muhokama o’tkazilib, Idoralararo ishchi guruhi tarkibi tuzildi va uni tasdiqlashni so’rab Vazirlar Mahkamasiga xat yuborildi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 2 oktyabrda 02/1-2305-son bilan Idoralararo ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Shu bilan bir qatorda, Davlat statistika qo’mitasi rasmiy-veb saytida Xalqaro valyuta fondining kengaytirilgan Ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimi talablari asosida milliy sahifa ochilgan bo’lib, zarur ma’lumotlar bilan boyitib borilmoqda.

Qirg’iziston Respublikasi Milliy statistika qo’mitasi bilan O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi o’rtasida anglashuv memorandumini imzolash taklifi Qirg’iziston tarafidan (TIVning 2017 yil 25 sentyabr 05/37722-sonli xati) taklif etilgan bo’lib, bunda statistik ma’lumotlar bazalarini yaratish va statistik ma’lumotlarni yig’ishda axborot texnologiyalaridan foydalanish sohalarida tajriba almashish, ikki davlat ijtimoiy-iqtisodiy holatlari to’g’risidagi nashrlar bilan almashinuv, statistik so’rovlar, ro’yxatga olishlar va kuzatuvlar o’tkazish borasida ikkinchi Tomonning tajribasini o’rganish maqsadida mutaxassislarning o’zaro tashriflarini yo’lga qo’yish ko’zda tutilgan.

2017 yil 5 oktyabr kuni Qirg’iziston Respublikasi rasmiy delegatsiyasining O’zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Qirg’iziston Respublikasi Milliy statistika qo’mitasi bilan O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi o’rtasida statistika sohasida o’zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi.

2017 yilning yanvar-noyabr oylarida, davlat statistika organlari tomonidan, BMT Evropa iqtisodiy komissiyasining statistika bo’limi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti, BMTning Atrof-muhitni muhofaza qilish statistika bo’limi, YuNESKOning statistika bo’limi, Jahon banki, ESKATO, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki xalqaro tashkilotlaridan va Qozog’iston Respublikasi elchixonasidan kelgan savolnomalarga asosan qishloq xo’jaligi, ekologiya, tadbirkorlik, ta’lim, sog’liqni saqlash, migratsiya va transport sohalari bo’yicha respublikaning rivojlanishini aks ettiruvchi statistik ma’lumotlar taqdim etildi.

Shu bilan birga, 2017 yilning yanvar-noyabr oylarida BMT Statistika bo’limi, BMT Evropa iqtisodiy komissiyasi, YuNISEF, FAO, Evrostat, SIATO, Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Evropa Erkin savdo uyushmasi, Avstriya Milliy banki xalqaro tashkilotlari tomonidan Avstriya, Vengriya, Shveytsariya, Fransiya, Italiya, Gretsiya, Koreya, Serbiya, Tailand, Turkiya, Belorus, Litva, Chernogoriya, Gruziya, Qozog’iston, Ozarbayjon davlatlarida tashkil etilgan 35 ta xalqaro ilmiy-uslubiy konferensiyalar, seminarlar va o’quv kurslarida davlat statistika organlari xodimlari xalqaro tajribalarni o’rganish maqsadida ishtirok etishdi.

Mazkur Davlat dasturining 198-bandiga muvofiq, mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o’quv kurslarini o’tkazish bo’yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag’batlantirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish bo’yicha tuzilgan ishchi guruhida Qo’mitaning mas’ul xodimi joriy yilning aprel-iyul oylarida muntazam ishtirok etdi.

Davlat dasturining 199-bandiga muvofiq, 2017 yil 22 fevralda 01/2-02-18/2-90-sonli xat orqali, Qo’mita tomonidan har bir tuman va shaharlar bo’yicha bilim va ta’lim sohalari kesimida kasb-hunar kollejlari soni, ulardagi o’quvchilar soni, qabul qilinganlar soni, bitiruvchilar va kutilayotgan bitiruvchilar soni to’g’risidagi statistik ma’lumotlar tayyorlanib, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etilgan.

Davlat statistika tizimida ko’p yillar ishlagan va nafaqaga chiqqan kam ta’minlangan, yolg’iz, nogiron va bemor qariyalar hamda ishlovchi pensiya yoshidagi xodimlarni qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirish, ularning madaniy hordiq chiqarishlariga va sog’liqlarini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilib, 2017 yilning yanvar-noyabr oylarida pensiya yoshidagi xodimlarning 197 nafariga 86,1 mln so’m miqdorida moddiy yordamlar va 139 nafariga 12,5 mln so’m miqdorida esdalik sovg’alar berildi.

Shuningdek, tizimda uzoq yillar mehnat qilgan 202 nafar keksa faxriylarning teatr, konsert va boshqa madaniy tadbirlarga tashrifi tashkil etildi, 74 nafar keksalarning respublikaning tarixiy shaharlariga, muqaddas joylarga va ziyoratgohlarga sayohati tashkil etildi.

Shu bilan birga, tizimda ishlovchi pensiya yoshidagi xodimlarning 115 nafari tibbiy ko’rikdan o’tkazildi va 7 nafari yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinatsiya qilindi.

Keksa avlod vakillarining bilimi va tajribasidan foydalanish maqsadida mehnat jamoalarida “Avlodlar uchrashuvi”, “Kasbim-faxrim” mavzusida tadbirlar tashkil etildi.

Tizimda mehnat qilayotgan xodimlarni sog’lig’ini qayta tiklash maqsadida 36 nafar xodimga sog’lomlashtirish oromgohlariga (sanatoriylarga) imtiyozli yo’llanmalar va tizimda mehnat qilayotgan xodimlarning farzandlariga yoz mavsumida mazmunli dam olish va sog’liqlarini tiklash uchun bolalar oromgohlariga 53 ta yo’llanmalar berildi.

Davlat statistika organlarida ishlovchi yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashini yanada kengroq shakllantirish yuzasidan tizimda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar ishtirokida 134 ta davra suhbatlari va seminarlar o’tkazildi.

2017 yil 24 mart va 18 may kunlari Davlat statistika qo’mitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining mas’ul xodimlari ishtirokida kengaytirilgan davra suhbatlari bo’lib o’tdi.

Ushbu davra suhbatlarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosini ta’minlash bo’yicha Davlat statistika qo’mitasi tomonidan qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3165-son qarorining ijrosini tizimli tashkil etish maqsadida, Davlat statistika qo’mitasining 2017 yilning 1 avgustida 55-sonli buyrug’i qabul qilindi. Ushbu buyruqning ijrosini ta’minlash yuzasidan 2017 yil 3 avgustda “O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3165-son qarorini tizim xodimlari o’rtasida o’rganish bo’yicha o’tkaziladigan seminarlar reja-jadvali tasdiqlandi.

Tasdiqlangan reja-jadvalga asosan, 2017 yilning 8 avgust kuni Davlat statistika qo’mitasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi PQ-3165-son qarorini tizim xodimlari o’rtasida o’rganish bo’yicha seminar o’tkazildi. Shu bilan birgalikda, xuddi shunday seminarlar Qo’mita markaziy apparatining barcha boshqarmalari va bo’limlarida, 8-10 avgust kunlari barcha hududiy statistika boshqarmalarida, tuman (shahar) statistika bo’limlarida o’tkazildi.

Shuningdek, shu kabi seminarlar Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida ham shu yilning 8-9 avgust kunlari tashkil etildi.

Seminarlarda PQ-3165-son qarorining mazmun-mohiyati, talablari, Davlat statistika qo’mitasi va uning hududiy bo’linmalari faoliyatining ustuvor yo’nalishlari, statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axborotlari sifatini va ularni tarqatish tizimini yaxshilash chora-tadbirlari, hamda davlat statistika tizimi xodimlarining ushbu qarordan kelib chiqadigan vazifalari to’g’risida atroflicha tushuntirishlar berib o’tildi.

Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 avgustdagi “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi F-5024-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat statistika qo’mitasi tomonidan 2017 yilning 18 avgustida 65-sonli buyruq qabul qilindi.

O’z navbatida, Davlat statistika qo’mitasi tomonidan mazkur farmoyishda belgilangan vazifalarning so’zsiz ijrosini ta’minlash, jumladan Harakatlar strategiyasini 2018 yilda amalga oshirish bo’yicha ishlab chiqiladigan Davlat dasturi loyihasiga takliflar tayyorlandi va ushbu takliflar 2017 yilning 13 sentyabrida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hamda Bosh prokuraturaga taqdim etildi.

Axborotdan foydalanuvchilar, jumladan yoshlarning Qo’mita rasmiy saytining mazmuni va ko’rsatilayotgan interaktiv xizmatlardan qoniqishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish orqali so’rovlar o’tkazish bo’yicha “Feysbuk” ijtimoiy tarmog’ida Davlat statistika qo’mitasining sahifasi ochildi va hozirgi kunga kelib asosiy foydalanuvchilar soni 120 tadan oshdi.

 

“2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson mafaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”da belgilangan chora-tadbirlarning davlat statistika organlarida ijrosi to`g`risida ma`lumot

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi PF-4947-sonli farmoni hamda ushbu Farmon bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida Davlat statistika qo`mitasining 2017 yil 13 fevraldagi 5-sonli buyrug`i qabul qilindi.

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning ijrosini ta`minlash bo`yicha Davlat statistika qo`mitasining kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va 2017 yil 21 fevralda tasdiqlandi. Ushbu kompleks chora-tadbirlar rejasining har bir bandi bo`yicha tegishli mas`ul ijrochilar belgilandi va ijrosi nazoratga olindi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining ijrosi yuzasidan joriy yilning 1-choragi davomida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, joriy yilning yanvar-mart oylarida Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparati boshqarmalari tomonidan 28 ta O`zbekiston Respublikasi qonunlari va Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etilishi ta`minlandi. Shu bilan birga, Qo`mitaning mas`ul xodimlari qator qonun loyihalari va Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqish bo`yicha tashkil etilgan ishchi guruhlarida faoliyat olib bormoqda.

Davlat statistika qo`mitasining Axborot xizmati tomonidan davlat statistika organlari faoliyatining muhim jihatlari yuzasidan matbuot anjumanlarini o`tkazish bo`yicha 2017 yilning 1-yarmi uchun ish rejasi tasdiqlandi va ushbu ish rejaga muvofiq joriy yil aprel oyining 3-o`n kunligida matbuot anjumanini o`tkazish belgilab olindi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi F-4849-sonli “2017-20121 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoyishiga asosan tashkil etilgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi joriy yilning 1 martidan boshlab Davlat statistika qo`mitasining Statistik ma`lumotlarni majburiy jo`natmalar reestriga kiritildi.

Davlat statistika qo`mitasi raisining virtual qabulxonasini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va joriy yilning 6 martida tasdiqlandi. Mazkur chora-tadbirlar rejasiga asosan, Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida “Raisning virtual qabulxonasi”ni tashkil etish tizimi ishlab chiqildi. Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasining 2017 yil 22 martdagi 19-sonli buyrug`iga asosan “Raisning virtual qabulxonasi” tizimini ishlatish Reglamenti tasdiqlandi. Joriy yilning 24 martidan boshlab Davlat statistika qo`mitasining rasmiy sayti(www.stat.uz)da “Raisning virtual qabulxonasi” ishga tushirildi.

Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida “Onlayn maslahat” ruknini bosqichma-bosqich joriy etish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va joriy yilning 1 martida tasdiqlandi. Hozirgi kunda Qo`mitaning rasmiy saytida “Onlayn maslahat” ruknini joriy qilish bo`yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 28 fevralida Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni ko`rib chiqish bo`yicha Davlat statistika qo`mitasining chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi hamda davlat statistika tizimi organlarida murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan monitoring va nazorat tashkil etildi.

Davlat statistika qo`mitasi tizimi xodimlari o`rtasida yuksak ma`naviy muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan milliy g`oya targ`ibotini va ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish uzasidan 2017 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va joriy yilning 6 martida tasdiqlandi. Mazkur chora-tadbirlar dasturi barcha quyi tizim organlariga yetkazildi va ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyatini targ`ib qilishga alohida e`tibor qaratish maqsadida, Davlat statistika qo`mitasi tizimida joriy yilning mart oyida 37 ta davra suhbatlari tashkil etildi va mazkur tadbirlarda tizim xodimlarining 1154 nafari ishtirok etdi.

Davlat statistika organlarida tashkil etilgan Jamoatchilik maslahat kengashlari tomonidan har chorakda, tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo`llab quvvatlash, ularga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlik sub`ektlari huquqlarining ustuvorligini ta`minlash borasida davlat statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig`ilishlar tashkil etilib, ularda jumladan, tadbirkorlik sub`ektlaridan kelib tushayotgan murojaatlar, ularda ko`rilayotgan masalalar, har bir murojaatning o`z vaqtida, qonun talablari asosida, puxta va adolatli ko`rib chiqilishini hamda ularda keltirilgan masalalarni amaliy hal etilishini ta`minlash yuzasidan  olib borilayotgan ishlar muhokama qilib borilmoqda.

Davlat statistika qo`mitasi rasmiy saytida nazorat organi sifatida olib borilayotgan faoliyatga doir idoraviy hujjatlar, axborotlar va ma`lumotlar muntazam ravishda joylashtirib borilmoqda. Jumladan, Qo`mita rasmiy saytida tadbirkorlik sub`ektlari bilan tashkil etiladigan profilaktika chora-tadbirlar rejasi, nazorat organi sifatida davlat statistika organlariga yuklatilgan qonun hujjatlari va idoraviy hujjatlar joylashtirilgan.

Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tavsiflovchi statistik kuzatuvlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda va statistik axborotlar hamda tahliliy ma`lumotlar Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga belgilangan muddatlarda taqdim etib borilmoqda. Shuningdek, Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy statistik ko`rsatkichlari Qo`mitaning rasmiy saytida muntazam joylashtirib borilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining (8-ilova) 174-bandi ijrosi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda nazorat qiluvchi organlarning kichik tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga aralashuvini va ular tomonidan o`tkaziladigan rejali tekshirishlar sonini yanada qisqartirish bo`yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

“2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson mafaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 187-bandi ijrosini ta`minlash maqsadida, Davlat statistika qo`mitasining ochiq statistik ko`rsatkichlari va statistik to`plamlaridagi statistik ko`rsatkichlari tarkibi tanqidiy tahlil qilingan holda o`rganildi. Bundan tashqari, 2017 yil uchun Davlat statistika ishlari dasturi loyihasiga xalqaro tashkilotlarning 17 ta so`rovnomasini O`zbekiston to`g`risidagi statistik ma`lumotlar bilan to`ldirish bo`yicha tegishli ishlar kiritildi.

Mazkur Davlat dasturining 198-bandiga muvofiq, 2017 yilning II choragida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o`quv kurslarini o`tkazish bo`yicha nodavlat ta`lim muassasalari faoliyatini rag`batlantirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish bo`yicha tuzilayotgan ishchi guruhiga Qo`mita tomonidan nomzod taklif etildi.

Davlat dasturining 199-bandiga muvofiq, Qo`mita tomonidan har bir tuman va shaharlar bo`yicha bilim va ta`lim sohalari kesimida kasb-hunar kollejlari soni, ulardagi o`quvchilar soni, qabul qilinganlar soni, bitiruvchilar va kutilayotgan bitiruvchilar soni to`g`risidagi statistik ma`lumotlar tayyorlanib, Mehnat vazirligiga taqdim etildi.

Davlat statistika tizimida ko`p yillar ishlagan va nafaqaga chiqqan kam ta`minlangan, yolg`iz, nogiron va bemor qariyalar hamda ishlovchi pensiya yoshidagi xodimlarni qo`llab-quvvatlash, rag`batlantirish, ularning madaniy xordiq chiqarishiga va sog`liqlarini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilib, pensiya yoshidagi xodimlarning 29 nafariga 17,2 mln so`m miqdorida moddiy yordamlar va 68 nafariga 4,3 mln so`m miqdorida esdalik sovg`alar berildi. Shuningdek, tizimda uzoq yillar mehnat qilgan 16 nafar keksa faxriylarning teatr, kontsert va boshqa madaniy tadbirlarga tashrifi tashkil etildi, 12 nafari tibbiy ko`rikdan o`tkazildi va 7 nafari yuqumli kasalliklarga qarshi vaktsinatsiya qilindi.

Keksa avlod vakillarining bilimi va tajribasidan foydalanish maqsadida mehnat jamoalarida “Avlodlar uchrashuvi”, “Kasbim faxrim” mavzusida tadbirlar tashkil etildi.

Davlat statistika organlarida ishlovchi yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak ma`naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat`iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashini yanada kengroq shakllantirish yuzasidan 452 nafar tizimda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar ishtirokida 9 ta davra suhbatlari va seminarlar o`tkazildi.

2017 yil 24 mart kuni Davlat statistika qo`mitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining mas`ul xodimlari ishtirokida kengaytirilgan davra suhbati bo`lib o`tdi.

Davra suhbatida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning mazmun-mohiyati hamda uning ijrosini ta`minlash bo`yicha Davlat statistika qo`mitasi tomonidan qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning o`z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

 

2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarning davlat statistika organlarida ijrosi to`g`risida 2017 yil 1 avgust holatiga ma`lumot

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi PF-4947-sonli Farmoni hamda ushbu Farmon bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida Davlat statistika qo`mitasining 2017 yil 13 fevraldagi 5-sonli buyrug`i qabul qilingan.

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosini ta`minlash bo`yicha Davlat statistika qo`mitasining kompleks chora-tadbirlar rejasi 2017 yil 21 fevralda tasdiqlangan. Ushbu kompleks chora-tadbirlar rejasining har bir bandi bo`yicha tegishli mas`ul ijrochilar belgilangan va ijrosi nazoratga olingan.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining ijrosi yuzasidan joriy yilning yanvar-iyul oylari davomida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, joriy yilning yanvar-iyul oylarida Davlat statistika qo`mitasi tomonidan 93 ta O`zbekiston Respublikasi qonunlari va Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etilishi ta`minlandi.

Shu bilan birga, Qo`mitaning mas`ul xodimlari qator qonun loyihalari va Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqish bo`yicha tashkil etilgan ishchi guruhlarida faoliyat olib bormoqda.

Davlat statistika organlari faoliyatining ochiqligini ta`minlash, inson huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, yuridik shaxslarga aloqador axborotni taqdim etishning zamonaviy shakllarini amalga kiritish bo`yicha muhim masalalar, Qo`mita markaziy apparatida va xududiy statistika organlarida Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mutaxassislari ishtirokida keng muhokama qilindi va ushbu muhokamalarda 753 nafar xodim ishtirok etdi.

Davlat statistika qo`mitasining Axborot xizmati tomonidan davlat statistika organlari faoliyatining muhim jihatlari yuzasidan matbuot anjumanlarini o`tkazish bo`yicha 2017 yilning 1-yarmi uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, joriy yilning 1 may kuni Milliy matbuot markazida “Zamonaviy usullar va metodikalarni joriy etish, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari statistik ko`rsatkichlarini hisobga olish va tahlil etish tizimini takomillashtirish hisobiga statistik ma`lumotlarning sifati hamda shaffofligini oshirish yo`nalishlari va istiqbollari haqida” mavzusida matbuot anjumani o`tkazildi va mazkur anjumanga ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb qilindi.

Shu bilan birga, joriy yilning 13 iyunida Davlat statistika qo`mitasining 2017 yil 2-yarmi uchun matbuot anjumanlarini o`tkazish bo`yicha ish rejasi tasdiqlandi.

Ushbu ish rejaga muvofiq, noyabr oyining 2-o`n kunligida “Davlat statistika tizimida statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axborotlari sifatini va ularni tarqatish tizimini yaxshilash bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to`g`risida” mavzusidagi matbuot anjumanini o`tkazish rejalashtirildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi F-4849-sonli “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoyishiga asosan tashkil etilgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi joriy yilning 1 martidan boshlab Davlat statistika qo`mitasining Statistik ma`lumotlarni majburiy jo`natmalar reestriga kiritilgan.

Shu bilan birga, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson mafaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarning davlat statistika organlarida ijrosini ta`minlash bo`yicha yanvar-iyun oylarida amalga oshirilgan ishlar to`g`risidagi ma`lumotlar va iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha xizmatlar ishlab chiqarish statistik byulleteni “Taraqqiyot strategiyasi” markaziga yuborilgan.

Davlat statistika qo`mitasi raisining virtual qabulxonasini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va joriy yilning 6 martida tasdiqlangan. Mazkur chora-tadbirlar rejasiga asosan, Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida “Raisning virtual qabulxonasi”ni tashkil etish tizimi ishlab chiqilgan. Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasining 2017 yil
22 martdagi 19-sonli buyrug`iga asosan “Raisning virtual qabulxonasi” tizimini ishlatish Reglamenti tasdiqlangan. Joriy yilning 24 martidan boshlab Davlat statistika qo`mitasining rasmiy sayti(www.stat.uz)da “Raisning virtual qabulxonasi” ishga tushirilgan bo`lib, hozirgi kunda uzluksiz faoliyat yuritmoqda.

2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 68-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash, davlat statistika organlariga kelib tushayotgan murojaatlarni qonun hujjatlari talablari asosida ko`rib chiqish ishlarini takomillashtirish va tizim organlarining bu boradagi faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida, 2017 yil 11 aprelda Davlat statistika qo`mitasining 56-k-sonli buyrug`i qabul qilingan. Mazkur buyruqqa asosan Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparatida Murojaatlar bilan ishlash va ijro nazorati boshqarmasi tashkil etilgan.

Shu bilan birga, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari hamda Kadrlarni tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida murojaatlar bilan ishlash bo`yicha guruhlar tashkil etilgan.

Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida “Onlayn maslahat” ruknini bosqichma-bosqich joriy etish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va joriy yilning 1 martida tasdiqlangan. Shu bilan birga, ochiq kod orqali “Onlayn maslahat” maxsus dasturiy ta`minot tizimiga kirish bilan bog`liq o`rganish ishlari amalga oshirilgan va Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida Mibew Messenger 2.2.0 erkin dasturiy ta`minoti negizida “Onlayn-maslahat” tizimi joriy qilingan.

Davlat statistika organlarida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish, ularning og`zaki va elektron murojaatlarini qonunchilik talablari asosida ko`rib chiqilishini ta`minlashni yanada takomillashtirish maqsadida, joriy yilning 28 fevralida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni ko`rib chiqish bo`yicha Davlat statistika qo`mitasining
chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Mazkur chora-tadbirlar rejasiga asosan, Davlat statistika qo`mitasiga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosining o`z vaqtida bajarilishi doimiy nazoratga olingan va murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan doimiy monitoring tashkil etilgan.

Xususan, joriy yilning yanvar-iyul oylarida Davlat statistika qo`mitasiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar soni 1259 tani tashkil etgan. Shundan 23 tasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali, 65 tasi Davlat statistika qo`mitasi raisining virtual qabulxonasi orqali, 138 tasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan, 1003 tasi to`g`ridan -to`g`ri kelib tushgan murojaatlardir.

Kelib tushgan murojaatlar Qo`mita rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, ularning barchasiga o`z muddatida to`laqonli javob yo`llanishi ta`minlandi.

Davlat statistika organlarida murojaatlar bilan ishlash bo`yicha olib borilayotgan tadbirlarning natijalari tegishli mas`ullar tomonidan tizimli tahlil va nazorat qilingan holda umumlashtirilib, Qo`mitaning kengaytirilgan Hay`at yig`ilishlarida keng muhokama qilinib borilmoqda.

Davlat statistika qo`mitasi tizimi xodimlari o`rtasida yuksak ma`naviy muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan milliy g`oya targ`ibotini va ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan 2017 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi joriy yilning 6 martida tasdiqlangan. Mazkur chora-tadbirlar dasturi barcha quyi tizim organlariga yetkazilgan va ijrosi nazoratga olingan.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyatini targ`ib qilishga alohida e`tibor qaratgan holda, Davlat statistika qo`mitasi tizimida joriy yilning yanvar-iyul oylarida xodimlarning ma`naviy-ma`rifiy, g`oyaviy-mafkuraviy dunyoqarashini yanada oshirish, siyosiy va huquqiy bilimini rivojlantirish maqsadida 94 ta davra suhbatlari tashkil etildi hamda ushbu tadbirlarda tizim xodimlarining 3415 nafari ishtirok etdi.

Davlat statistika organlarida tashkil etilgan Jamoatchilik maslahat kengashlari tomonidan har chorakda, tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo`llab quvvatlash, ularga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlik sub`ektlari huquqlarining ustuvorligini ta`minlash borasida davlat statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joriy yilning yanvar-iyul oylarida 23 ta yig`ilishlar tashkil etilib, ushbu yig`ilishlarda, tadbirkorlik sub`ektlaridan kelib tushayotgan murojaatlar, ularda ko`rilayotgan masalalar, har bir murojaatning o`z vaqtida, qonun talablari asosida, puxta va adolatli ko`rib chiqilishini hamda ularda keltirilgan masalalarni amaliy hal etilishini ta`minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilib borilmoqda.

Davlat statistika qo`mitasi rasmiy saytida nazorat organi sifatida olib borilayotgan faoliyatga doir idoraviy hujjatlar, axborotlar va ma`lumotlar muntazam ravishda joylashtirib borilmoqda. Jumladan, Qo`mita rasmiy saytida tadbirkorlik sub`ektlari bilan tashkil etiladigan profilaktika chora-tadbirlar rejasi, nazorat organi sifatida davlat statistika organlariga yuklatilgan qonun hujjatlari va idoraviy hujjatlar joylashtirilgan.

Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tavsiflovchi statistik kuzatuvlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda va statistik axborotlar hamda tahliliy ma`lumotlar Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga belgilangan muddatlarda taqdim etib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning yanvar-iyul oylarida jami 209 ta so`rovlarga, shundan davlat boshqaruvi organlarining 69 ta, yuridik va jismoniy shaxslarning 43 ta, korxona va tashkilotlarning 51 ta va chet el vakolatxonalari va tashkilotlarining 11 ta so`rovlariga asosan statistik ma`lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy statistik ko`rsatkichlari Qo`mitaning rasmiy saytida muntazam joylashtirib borilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining (8-ilova) 174-bandi ijrosi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda nazorat qiluvchi organlarning kichik tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga aralashuvini va ular tomonidan o`tkaziladigan rejali tekshirishlar sonini yanada qisqartirish bo`yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Mazkur Kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlarni rejalashtirishda foydalanish uchun ular nazorati ostidagi kichik tadbirkorlik sub`ektlarining ro`yxati shakllantirilgan hamda elektron ko`rinishda joriy yilning 18 may kuni Davlat soliq qo`mitasiga yuborilgan.

O`zbekistonning ob`ektiv reyting ko`rsatkichlarini egallashi va ulardagi mavqeini oshirish uchun talab qilinadigan statistik hamda boshqa ma`lumotlarning xalqaro hisobotlarda chop qilinishiga doir cheklovlarni bekor qilish bo`yicha takliflar tayyorlash maqsadida Davlat statistika qo`mitasi tomonidan davlat statistika organlarining faoliyati tanqidiy o`rganildi, shuningdek horijiy mamlakatlarning tajribasi va xalqaro statistik tashkilotlarning statistika faoliyatini tashkil qilish masalalari bo`yicha tavsiyalari tahlil qilindi, iqtisodiyot tarmoqlari va xududlar ko`rsatkichlarini statistikada aks ettirishda qo`llaniladigan usullar va yondashuvlar qayta ko`rib chiqildi.

Shuningdek, statistika organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining topshirig`iga muvofiq, Davlat statistika qo`mitasi tuzilmasiga o`zgartirishlar kiritish va uning funktsiyalarini kengaytirishni ko`zda tutuvchi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi va 2017 yilning 2 iyunida Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori doirasida “2017-2021 yillarda statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axborotlari sifatini va ularni tarqatish tizimini yaxshilash bo`yicha chora-tadbirlar dasturi”ni tasdiqlash taklif etilmoqda.

Dastur yo`nalishlaridan biri xalqaro statistik tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo`lib, bunda xalqaro statistik to`plamlarda respublikaning rivojlanishi to`g`risidagi ma`lumotlarni chop etish, xalqaro tavsiyalarga muvofiq ko`rsatkichlarni hisoblashning takomillashtirilgan metodikasini joriy etish masalalari keng o`rin olgan.

Buning uchun mazkur Dasturga xalqaro tashkilotlarning, jumladan BMTning Statistika bo`limi, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining statistika bo`limi, yuNESKOning statistika instituti, FAO, eSKATO, MDH Statistika qo`mitasining sanoat, xizmatlar, qishloq xo`jaligi, transport, demografiya, ta`lim, innovatsiya sohalari va milliy hisoblar bo`yicha 17 ta savolnomalarini to`ldirish yo`li bilan O`zbekiston to`g`risidagi statistik ma`lumotlarni xalqaro tashkilotlarning elektron ma`lumotlar bazalari va maxsus nashrlarida joylashtirish bo`yicha tadbirlar kiritilgan.

Bundan tashqari, yuqorida qayd etilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasida Xalqaro valyuta fondining Ma`lumotlarni tarqatish umumiy tizimi va Ma`lumotlarni tarqatish maxsus tizimiga qo`shilish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ko`zda tutilgan.

2017 yilning yanvar-iyul oylarida, davlat statistika organlari tomonidan, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining statistika bo`limi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti, BMTning Atrof muhitni muhofaza qilish statistika bo`limi, yuNESKOning statistika bo`limi, Jahon banki va eSKATO xalqaro tashkilotlaridan kelgan savolnomalarga asosan qishloq xo`jaligi, ekologiya, tadbirkorlik, ta`lim, sog`liqni saqlash, migratsiya sohalari bo`yicha respublikaning rivojlanishini aks ettiruvchi statistik ma`lumotlar taqdim etilgan.

Shu bilan birga, 2017 yilning yanvar-iyul oylarida BMT Statistika bo`limi, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi, yuNISEF, FAO, Yevrostat, SIATO, Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa erkin savdo uyushmasi, Avstriya Milliy banki xalqaro tashkilotlari tomonidan Avstriya, Vengriya, Shveytsariya, Litva, Gruziya, Qozog`iston, Ozarbayjon davlatlarida tashkil etilgan 16 ta xalqaro ilmiy-uslubiy konferentsiyalar, seminarlar va o`quv kurslarida davlat statistika organlari xodimlari xalqaro tajribalarni o`rganish maqsadida ishtirok etishdi.

Mazkur Davlat dasturining 198-bandiga muvofiq, mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o`quv kurslarini o`tkazish bo`yicha nodavlat ta`lim muassasalari faoliyatini rag`batlantirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish bo`yicha tuzilgan ishchi guruhida Qo`mitaning mas`ul xodimi muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Davlat dasturining 199-bandiga muvofiq, Qo`mita tomonidan har bir tuman va shaharlar bo`yicha bilim va ta`lim sohalari kesimida kasb-hunar kollejlari soni, ulardagi o`quvchilar soni, qabul qilinganlar soni, bitiruvchilar
va kutilayotgan bitiruvchilar soni to`g`risidagi statistik ma`lumotlar tayyorlanib, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etilgan.

Davlat statistika tizimida ko`p yillar ishlagan va nafaqaga chiqqan kam ta`minlangan, yolg`iz, nogiron va bemor qariyalar hamda ishlovchi pensiya yoshidagi xodimlarni qo`llab-quvvatlash, rag`batlantirish, ularning madaniy xordiq chiqarishiga va sog`liqlarini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilib, 2017 yilning yanvar-iyul oylarida pensiya yoshidagi xodimlarning
123 nafariga 53,7 mln so`m miqdorida moddiy yordamlar va 104 nafariga 8,5 mln so`m miqdorida esdalik sovg`alar berildi.

Shuningdek, tizimda uzoq yillar mehnat qilgan 33 nafar keksa faxriylarning teatr, kontsert va boshqa madaniy tadbirlarga tashrifi tashkil etildi, 28 nafar keksalarning respublikaning tarixiy shaharlariga, muqaddas joylarga va ziyoratgohlarga sayohati tashkil etildi.

Shu bilan birga, tizimda ishlovchi pensiya yoshidagi xodimlarning 63 nafari tibbiy ko`rikdan o`tkazildi va 7 nafari yuqumli kasalliklarga qarshi vaktsinatsiya qilindi.

Keksa avlod vakillarining bilimi va tajribasidan foydalanish maqsadida mehnat jamoalarida “Avlodlar uchrashuvi”, “Kasbim faxrim” mavzusida tadbirlar tashkil etildi.

Tizimda mehnat qilayotgan xodimlarni sog`ligini qayta tiklash maqsadida 14 nafar xodimga sog`lomlashtirish oromgohlariga (sanatoriylarga) imtiyozli yo`llanmalar va tizimda mehnat qilayotgan xodimlarning farzandlariga yoz mavsumida mazmunli dam olish va sog`liqlarini tiklash uchun bolalar oromgohlariga 44 ta yo`llanmalar berildi.

Davlat statistika organlarida ishlovchi yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak ma`naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat`iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashini yanada kengroq shakllantirish yuzasidan 2363 nafar tizimda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar ishtirokida 60 ta davra suhbatlari va seminarlar o`tkazildi.

2017 yil 24 mart va 18 may kunlari Davlat statistika qo`mitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining mas`ul xodimlari ishtirokida kengaytirilgan davra suhbatlari bo`lib o`tdi.

Ushbu davra suhbatlarida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosini ta`minlash bo`yicha Davlat statistika qo`mitasi tomonidan qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning o`z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Yanvar-iyun

Yanvar-may

Yanvar-aprel

Yanvar-mart

 

 

 

2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarning davlat statistika organlarida ijrosi to`g`risida 2017 yil 1 iyul holatiga ma`lumot

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi PF-4947-sonli Farmoni hamda ushbu Farmon bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida Davlat statistika qo`mitasining 2017 yil 13 fevraldagi 5-sonli buyrug`i qabul qilingan.

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosini ta`minlash bo`yicha Davlat statistika qo`mitasining kompleks chora-tadbirlar rejasi 2017 yil 21 fevralda tasdiqlangan. Ushbu kompleks chora-tadbirlar rejasining har bir bandi bo`yicha tegishli mas`ul ijrochilar belgilangan va ijrosi nazoratga olingan.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining ijrosi yuzasidan joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, joriy yilning yanvar-iyun oylarida Davlat statistika qo`mitasi tomonidan 82 ta O`zbekiston Respublikasi qonunlari va Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etilishi ta`minlandi.

Shu bilan birga, Qo`mitaning mas`ul xodimlari qator qonun loyihalari va Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqish bo`yicha tashkil etilgan ishchi guruhlarida faoliyat olib bormoqda.

Davlat statistika organlari faoliyatining ochiqligini ta`minlash, inson huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, yuridik shaxslarga aloqador axborotni taqdim etishning zamonaviy shakllarini amalga kiritish bo`yicha muhim masalalar, Qo`mita markaziy apparatida va xududiy statistika organlarida Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mutaxassislari ishtirokida keng muhokama qilindi va ushbu muhokamalarda 688 nafar xodim ishtirok etdi.

Davlat statistika qo`mitasining Axborot xizmati tomonidan davlat statistika organlari faoliyatining muhim jihatlari yuzasidan matbuot anjumanlarini o`tkazish bo`yicha 2017 yilning 1-yarmi uchun ish rejasi tasdiqlangan. Ushbu ish rejaga muvofiq, joriy yilning 1 may kuni Milliy matbuot markazida “Zamonaviy usullar va metodikalarni joriy etish, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari statistik ko`rsatkichlarini hisobga olish va tahlil etish tizimini takomillashtirish hisobiga statistik ma`lumotlarning sifati hamda shaffofligini oshirish yo`nalishlari va istiqbollari haqida” mavzusida matbuot anjumani o`tkazildi va mazkur anjumanga ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb qilindi.

Shu bilan birga, joriy yilning 13 iyunida Davlat statistika qo`mitasining 2017 yil 2-yarmi uchun matbuot anjumanlarini o`tkazish bo`yicha ish rejasi tasdiqlandi.

Ushbu ish rejaga muvofiq, noyabr oyining 2-o`n kunligida “Davlat statistika tizimida statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axborotlari sifatini va ularni tarqatish tizimini yaxshilash bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to`g`risida” mavzusidagi matbuot anjumanini o`tkazish rejalashtirildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi F-4849-sonli “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoyishiga asosan tashkil etilgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi joriy yilning 1 martidan boshlab Davlat statistika qo`mitasining Statistik ma`lumotlarni majburiy jo`natmalar reestriga kiritilgan.

Shu bilan birga, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson mafaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarning davlat statistika organlarida ijrosini ta`minlash bo`yicha yanvar-may oylarida amalga oshirilgan ishlar to`g`risidagi ma`lumotlar “Taraqqiyot strategiyasi” markaziga yuborilgan.

Davlat statistika qo`mitasi raisining virtual qabulxonasini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va joriy yilning 6 martida tasdiqlangan. Mazkur chora-tadbirlar rejasiga asosan, Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida “Raisning virtual qabulxonasi”ni tashkil etish tizimi ishlab chiqilgan. Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasining 2017 yil 22 martdagi 19-sonli buyrug`iga asosan “Raisning virtual qabulxonasi” tizimini ishlatish Reglamenti tasdiqlangan. Joriy yilning 24 martidan boshlab Davlat statistika qo`mitasining rasmiy sayti(www.stat.uz)da “Raisning virtual qabulxonasi” ishga tushirilgan bo`lib, hozirgi kunda uzluksiz faoliyat yuritmoqda.

2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 68-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash, davlat statistika organlariga kelib tushayotgan murojaatlarni qonun hujjatlari talablari asosida ko`rib chiqish ishlarini takomillashtirish va tizim organlarining bu boradagi faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida, 2017 yil 11 aprelda Davlat statistika qo`mitasining 56-k-sonli buyrug`i qabul qilingan. Mazkur buyruqqa asosan Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparatida Murojaatlar bilan ishlash va ijro nazorati boshqarmasi tashkil etilgan.

Shu bilan birga, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari hamda Kadrlarni tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida murojaatlar bilan ishlash bo`yicha guruhlar tashkil etilgan.

Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida “Onlayn maslahat” ruknini bosqichma-bosqich joriy etish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va joriy yilning 1 martida tasdiqlangan. Shu bilan birga, ochiq kod orqali “Onlayn maslahat” maxsus dasturiy ta`minot tizimiga kirish bilan bog`liq o`rganish ishlari amalga oshirilgan va Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida Mibew Messenger 2.2.0 erkin dasturiy ta`minoti negizida “Onlayn-maslahat” tizimi joriy qilingan.

Davlat statistika organlarida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish, ularning og`zaki va elektron murojaatlarini qonunchilik talablari asosida ko`rib chiqilishini ta`minlashni yanada takomillashtirish maqsadida, joriy yilning 28 fevralida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni ko`rib chiqish bo`yicha Davlat statistika qo`mitasining
chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Mazkur chora-tadbirlar rejasiga asosan, Davlat statistika qo`mitasiga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosining o`z vaqtida bajarilishi doimiy nazoratga olingan va murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan doimiy monitoring tashkil etilgan.

Xususan, joriy yilning yanvar-iyun oylarida Davlat statistika qo`mitasiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar soni 1137 tani tashkil etgan. Shundan 21 tasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali, 53 tasi Davlat statistika qo`mitasi raisining virtual qabulxonasi orqali, 131 tasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan, 932 tasi to`g`ridan -to`g`ri kelib tushgan murojaatlardir.

Kelib tushgan murojaatlar Qo`mita rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, ularning barchasiga o`z muddatida to`laqonli javob yo`llanishi ta`minlandi.

Davlat statistika organlarida murojaatlar bilan ishlash bo`yicha olib borilayotgan tadbirlarning natijalari tegishli mas`ullar tomonidan tizimli tahlil va nazorat qilingan holda umumlashtirilib Qo`mitaning kengaytirilgan Hay`at yig`ilishlarida keng muhokama qilinib borilmoqda.

Davlat statistika qo`mitasi tizimi xodimlari o`rtasida yuksak ma`naviy muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan milliy g`oya targ`ibotini va ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan 2017 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi joriy yilning 6 martida tasdiqlangan. Mazkur chora-tadbirlar dasturi barcha quyi tizim organlariga yetkazilgan va ijrosi nazoratga olingan.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyatini targ`ib qilishga alohida e`tibor qaratgan holda, Davlat statistika qo`mitasi tizimida joriy yilning yanvar-iyun oylarida xodimlarning ma`naviy-ma`rifiy, g`oyaviy-mafkuraviy dunyoqarashini yanada oshirish, siyosiy va huquqiy bilimini rivojlantirish maqsadida 79 ta davra suhbatlari tashkil etildi hamda ushbu tadbirlarda tizim xodimlarining 2873 nafari ishtirok etdi.

Davlat statistika organlarida tashkil etilgan Jamoatchilik maslahat kengashlari tomonidan har chorakda, tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo`llab quvvatlash, ularga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlik sub`ektlari huquqlarining ustuvorligini ta`minlash borasida davlat statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida 22 ta yig`ilishlar tashkil etilib, ushbu yig`ilishlarda, tadbirkorlik sub`ektlaridan kelib tushayotgan murojaatlar, ularda ko`rilayotgan masalalar, har bir murojaatning o`z vaqtida, qonun talablari asosida, puxta va adolatli ko`rib chiqilishini hamda ularda keltirilgan masalalarni amaliy hal etilishini ta`minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilib borilmoqda.

Davlat statistika qo`mitasi rasmiy saytida nazorat organi sifatida olib borilayotgan faoliyatga doir idoraviy hujjatlar, axborotlar va ma`lumotlar muntazam ravishda joylashtirib borilmoqda. Jumladan, Qo`mita rasmiy saytida tadbirkorlik sub`ektlari bilan tashkil etiladigan profilaktika chora-tadbirlar rejasi, nazorat organi sifatida davlat statistika organlariga yuklatilgan qonun hujjatlari va idoraviy hujjatlar joylashtirilgan.

Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tavsiflovchi statistik kuzatuvlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda va statistik axborotlar hamda tahliliy ma`lumotlar Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga belgilangan muddatlarda taqdim etib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 1-yarim yilligida jami 178 ta so`rovlarga, shundan davlat boshqaruvi organlarining 58 ta, yuridik va jismoniy shaxslarning 34 ta, korxona va tashkilotlarning 42 ta va chet el vakolatxonalari va tashkilotlarining 10 ta so`rovlariga asosan statistik ma`lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy statistik ko`rsatkichlari Qo`mitaning rasmiy saytida muntazam joylashtirib borilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining (8-ilova) 174-bandi ijrosi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda nazorat qiluvchi organlarning kichik tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga aralashuvini va ular tomonidan o`tkaziladigan rejali tekshirishlar sonini yanada qisqartirish bo`yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Mazkur Kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlarni rejalashtirishda foydalanish uchun ular nazorati ostidagi kichik tadbirkorlik sub`ektlarining ro`yxati shakllantirilgan hamda elektron ko`rinishda joriy yilning 18 may kuni Davlat soliq qo`mitasiga yuborilgan.

O`zbekistonning ob`ektiv reyting ko`rsatkichlarini egallashi va ulardagi mavqeini oshirish uchun talab qilinadigan statistik hamda boshqa ma`lumotlarning xalqaro hisobotlarda chop qilinishiga doir cheklovlarni bekor qilish bo`yicha takliflar tayyorlash maqsadida Davlat statistika qo`mitasi tomonidan davlat statistika organlarining faoliyati tanqidiy o`rganildi, shuningdek horijiy mamlakatlarning tajribasi va xalqaro statistik tashkilotlarning statistika faoliyatini tashkil qilish masalalari bo`yicha tavsiyalari tahlil qilindi, iqtisodiyot tarmoqlari va xududlar ko`rsatkichlarini statistikada aks ettirishda qo`llaniladigan usullar va yondashuvlar qayta ko`rib chiqildi.

Shuningdek, statistika organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining topshirig`iga muvofiq, Davlat statistika qo`mitasi tuzilmasiga o`zgartirishlar kiritish va uning funktsiyalarini kengaytirishni ko`zda tutuvchi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi va 2017 yilning 2 iyunida Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori doirasida “2017-2021 yillarda statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axborotlari sifatini va ularni tarqatish tizimini yaxshilash bo`yicha chora-tadbirlar dasturi”ni tasdiqlash taklif etilmoqda.

Dastur yo`nalishlaridan biri xalqaro statistik tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo`lib, bunda xalqaro statistik to`plamlarda respublikaning rivojlanishi to`g`risidagi ma`lumotlarni chop etish, xalqaro tavsiyalarga muvofiq ko`rsatkichlarni hisoblashning takomillashtirilgan metodikasini joriy etish masalalari keng o`rin olgan.

Buning uchun mazkur Dasturga xalqaro tashkilotlarning, jumladan BMTning Statistika bo`limi, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining statistika bo`limi, yuNESKOning statistika instituti, FAO, eSKATO, MDH Statistika qo`mitasining sanoat, xizmatlar, qishloq xo`jaligi, transport, demografiya, ta`lim, innovatsiya sohalari va milliy hisoblar bo`yicha 17 ta savolnomalarini to`ldirish yo`li bilan O`zbekiston to`g`risidagi statistik ma`lumotlarni xalqaro tashkilotlarning elektron ma`lumotlar bazalari va maxsus nashrlarida joylashtirish bo`yicha tadbirlar kiritilgan.

Bundan tashqari, yuqorida qayd etilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasida Xalqaro valyuta fondining Ma`lumotlarni tarqatish umumiy tizimi va Ma`lumotlarni tarqatish maxsus tizimiga qo`shilish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ko`zda tutilgan.

2017 yilning yanvar-iyun oylarida, davlat statistika organlari tomonidan, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining statistika bo`limi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti, BMTning Atrof muhitni muhofaza qilish statistika bo`limi, yuNESKOning statistika bo`limi, Jahon banki va eSKATO xalqaro tashkilotlaridan kelgan savolnomalarga asosan qishloq xo`jaligi, ekologiya, tadbirkorlik, ta`lim, sog`liqni saqlash, migratsiya sohalari bo`yicha respublikaning rivojlanishini aks ettiruvchi statistik ma`lumotlar taqdim etilgan.

Shu bilan birga, 2017 yilning birinchi yarim yilligida BMT Statistika bo`limi, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi, yuNISEF, FAO, Yevrostat, SIATO, Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa erkin savdo uyushmasi, Avstriya Milliy banki xalqaro tashkilotlari tomonidan Avstriya, Vengriya, Shveytsariya, Gruziya, Qozog`iston, Ozarbayjon davlatlarida tashkil etilgan 15 ta xalqaro ilmiy-uslubiy konferentsiyalar, seminarlar va o`quv kurslarida davlat statistika organlari xodimlari xalqaro tajribalarni o`rganish maqsadida ishtirok etishdi.

Mazkur Davlat dasturining 198-bandiga muvofiq, 2017 yilning II choragida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o`quv kurslarini o`tkazish bo`yicha nodavlat ta`lim muassasalari faoliyatini rag`batlantirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish bo`yicha tuzilgan ishchi guruhida Qo`mitaning mas`ul xodimi muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Davlat dasturining 199-bandiga muvofiq, Qo`mita tomonidan har bir tuman va shaharlar bo`yicha bilim va ta`lim sohalari kesimida kasb-hunar kollejlari soni, ulardagi o`quvchilar soni, qabul qilinganlar soni, bitiruvchilar va kutilayotgan bitiruvchilar soni to`g`risidagi statistik ma`lumotlar tayyorlanib, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etilgan.

Davlat statistika tizimida ko`p yillar ishlagan va nafaqaga chiqqan kam ta`minlangan, yolg`iz, nogiron va bemor qariyalar hamda ishlovchi pensiya yoshidagi xodimlarni qo`llab-quvvatlash, rag`batlantirish, ularning madaniy xordiq chiqarishiga va sog`liqlarini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilib, 2017 yilning yanvar-iyun oylarida pensiya yoshidagi xodimlarning
108 nafariga 41,9 mln so`m miqdorida moddiy yordamlar va 99 nafariga 8,2 mln so`m miqdorida esdalik sovg`alar berildi.

Shuningdek, tizimda uzoq yillar mehnat qilgan 33 nafar keksa faxriylarning teatr, kontsert va boshqa madaniy tadbirlarga tashrifi tashkil etildi, 61 nafari tibbiy ko`rikdan o`tkazildi va 7 nafari yuqumli kasalliklarga qarshi vaktsinatsiya qilindi.

Keksa avlod vakillarining bilimi va tajribasidan foydalanish maqsadida mehnat jamoalarida “Avlodlar uchrashuvi”, “Kasbim faxrim” mavzusida tadbirlar tashkil etildi.

Tizimda mehnat qilayotgan xodimlarni sog`ligini qayta tiklash maqsadida 13 nafar xodimga sog`lomlashtirish oromgohlariga (sanatoriylarga) imtiyozli yo`llanmalar va tizimda mehnat qilayotgan xodimlarning farzandlariga yoz mavsumida mazmunli dam olish va sog`liqlarini tiklash uchun bolalar oromgohlariga 11 ta yo`llanmalar berildi.

Davlat statistika organlarida ishlovchi yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak ma`naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat`iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashini yanada kengroq shakllantirish yuzasidan 1837 nafar tizimda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar ishtirokida 45 ta davra suhbatlari va seminarlar o`tkazildi.

2017 yil 24 mart va 18 may kunlari Davlat statistika qo`mitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining mas`ul xodimlari ishtirokida kengaytirilgan davra suhbatlari bo`lib o`tdi.

Ushbu davra suhbatlarida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosini ta`minlash bo`yicha Davlat statistika qo`mitasi tomonidan qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning o`z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Yanvar-iyul

Yanvar-may

Yanvar-aprel

Yanvar-mart

 

 

 

“2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”da belgilangan chora-tadbirlarning davlat statistika organlarida ijrosi to`g`risida 2017 yil 1 iyun holatiga ma`lumot

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi PF-4947-sonli Farmoni hamda ushbu Farmon bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida Davlat statistika qo`mitasining 2017 yil 13 fevraldagi 5-sonli buyrug`i qabul qilingan.

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning ijrosini ta`minlash bo`yicha Davlat statistika qo`mitasining kompleks chora-tadbirlar rejasi 2017 yil 21 fevralda tasdiqlangan. Ushbu kompleks chora-tadbirlar rejasining har bir bandi bo`yicha tegishli mas`ul ijrochilar belgilangan va ijrosi nazoratga olingan.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining ijrosi yuzasidan joriy yilning yanvar-may oylari davomida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, joriy yilning yanvar-may oylarida Davlat statistika qo`mitasi tomonidan 60 ta O`zbekiston Respublikasi qonunlari va Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etilishi ta`minlandi.

Shu bilan birga, Qo`mitaning mas`ul xodimlari qator qonun loyihalari va Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqish bo`yicha tashkil etilgan ishchi guruhlarida faoliyat olib bormoqda.

Davlat statistika organlari faoliyatining ochiqligini ta`minlash, inson huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, yuridik shaxslarga aloqador axborotni taqdim etishning zamonaviy shakllarini amalga kiritish bo`yicha muhim masalalar, Buxoro va Navoiy viloyatlarida Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti xududiy bo`linmalarining mutaxassislari ishtirokida keng muhokama qilindi va ushbu muhokamalarda 131 nafar xodim ishtirok etdi.

Davlat statistika qo`mitasining Axborot xizmati tomonidan davlat statistika organlari faoliyatining muhim jihatlari yuzasidan matbuot anjumanlarini o`tkazish bo`yicha 2017 yilning 1-yarmi uchun ish rejasi tasdiqlangan. Ushbu ish rejaga muvofiq, joriy yilning 1 may kuni Milliy matbuot markazida “Zamonaviy usullar va metodikalarni joriy etish, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari statistik ko`rsatkichlarini hisobga olish va tahlil etish tizimini takomillashtirish hisobiga statistik ma`lumotlarning sifati hamda shaffofligini oshirish yo`nalishlari va istiqbollari haqida” mavzusida matbuot anjumani o`tkazildi va mazkur anjumanga ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi F-4849-sonli “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoyishiga asosan tashkil etilgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi joriy yilning 1 martidan boshlab Davlat statistika qo`mitasining Statistik ma`lumotlarni majburiy jo`natmalar reestriga kiritilgan.

Shu bilan birga, “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson mafaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”da belgilangan chora-tadbirlarning davlat statistika organlarida ijrosini ta`minlash bo`yicha yanvar-aprel oylarida amalga oshirilgan ishlar to`g`risidagi ma`lumotlar “Taraqqiyot strategiyasi” markaziga yuborildi.

Davlat statistika qo`mitasi raisining virtual qabulxonasini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va joriy yilning 6 martida tasdiqlangan. Mazkur chora-tadbirlar rejasiga asosan, Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida “Raisning virtual qabulxonasi”ni tashkil etish tizimi ishlab chiqilgan. Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasining 2017 yil 22 martdagi 19-sonli buyrug`iga asosan “Raisning virtual qabulxonasi” tizimini ishlatish Reglamenti tasdiqlangan. Joriy yilning 24 martidan boshlab Davlat statistika qo`mitasining rasmiy sayti(www.stat.uz)da “Raisning virtual qabulxonasi” ishga tushirilgan bo`lib, hozirgi kunda uzluksiz faoliyat yuritmoqda.

“2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 68-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash, davlat statistika organlariga kelib tushayotgan murojaatlarni qonun hujjatlari talablari asosida ko`rib chiqish ishlarini takomillashtirish va tizim organlarining bu boradagi faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida, 2017 yil 11 aprelda Davlat statistika qo`mitasining 56-k-sonli buyrug`i qabul qilingan. Mazkur buyruqqa asosan Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparatida Murojaatlar bilan ishlash va ijro nazorati boshqarmasi tashkil etilgan.

Shu bilan birga, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari hamda Kadrlarni tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida murojaatlar bilan ishlash bo`yicha guruhlar tashkil etilgan.

Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida “Onlayn maslahat” ruknini bosqichma-bosqich joriy etish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va joriy yilning 1 martida tasdiqlangan. Shu bilan birga, ochiq kod orqali “Onlayn maslahat” maxsus dasturiy ta`minot tizimiga kirish bilan bog`liq o`rganish ishlari amalga oshirilgan va Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida Mibew Messenger 2.2.0 erkin dasturiy ta`minoti negizida “Onlayn-maslahat” tizimi joriy qilingan.

Davlat statistika organlarida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish, ularning og`zaki va elektron murojaatlarini qonunchilik talablari asosida ko`rib chiqilishini ta`minlashni yanada takomillashtirish maqsadida, joriy yilning 28 fevralida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni ko`rib chiqish bo`yicha Davlat statistika qo`mitasining chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Mazkur chora-tadbirlar rejasiga asosan, Davlat statistika qo`mitasiga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosining o`z vaqtida bajarilishi doimiy nazoratga olingan va murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan doimiy monitoring tashkil etilgan.

Xususan, joriy yilning yanvar-may oylarida Davlat statistika qo`mitasiga jami jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar soni 977 tani tashkil etgan. Shundan 19 tasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali, 44 tasi Davlat statistika qo`mitasi raisining virtual qabulxonasi orqali, 117 tasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan, 797 tasi to`g`ridan -to`g`ri kelib tushgan murojaatlardir.

Kelib tushgan murojaatlar Qo`mita rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, ularning barchasiga o`z muddatida to`laqonli javob yo`llanishi ta`minlandi.

Bundan tashqari, davlat statistika organlarida murojaatlar bilan ishlash bo`yicha olib borilayotgan tadbirlarning natijalari tegishli mas`ullar tomonidan tizimli tahlil va nazorat qilingan holda umumlashtirilib Qo`mitaning kengaytirilgan Hay`at yig`ilishida keng muhokama qilindi.

Davlat statistika qo`mitasi tizimi xodimlari o`rtasida yuksak ma`naviy muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan milliy g`oya targ`ibotini va ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan 2017 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi joriy yilning 6 martida

tasdiqlangan. Mazkur chora-tadbirlar dasturi barcha quyi tizim organlariga yetkazilgan va ijrosi nazoratga olingan.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyatini targ`ib qilishga alohida e`tibor qaratgan holda, Davlat statistika qo`mitasi tizimida joriy yilning yanvar-may oylarida xodimlarning ma`naviy-ma`rifiy, g`oyaviy-mafkuraviy dunyoqarashini yanada oshirish, siyosiy va huquqiy bilimini rivojlantirish maqsadida 79 ta davra suhbatlari tashkil etildi hamda ushbu tadbirlarda tizim xodimlarining 2873 nafari ishtirok etdi.

Davlat statistika organlarida tashkil etilgan Jamoatchilik maslahat kengashlari tomonidan har chorakda, tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo`llab quvvatlash, ularga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlik sub`ektlari huquqlarining ustuvorligini ta`minlash borasida davlat statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joriy yilning yanvar-may oylarida 17 ta yig`ilishlar tashkil etilib, ushbu yig`ilishlarda, tadbirkorlik sub`ektlaridan kelib tushayotgan murojaatlar, ularda ko`rilayotgan masalalar, har bir murojaatning o`z vaqtida, qonun talablari asosida, puxta va adolatli ko`rib chiqilishini hamda ularda keltirilgan masalalarni amaliy hal etilishini ta`minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilib borilmoqda.

Jumladan, Profilaktika ishlari rejasiga muvofiq, 2017 yilning yanvar-mart oylarida davlat statistika organlari tomonidan joylarda tadbirkorlik sub`ektlari ishtirokida 754 ta uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilib, ushbu tadbirlarda 23 mingga yaqin tadbirkorlik sub`ektlari ishtirok etgan. Shuningdek, tadbirkorlik sohasida matbuot orqali 499 ta, radio orqali 144 ta, televidenie orqali 326 ta va elektron axborot tizimlari orqali 77 ta targ`ibot tadbirlari tashkil etilgan.

O`tkazilgan tadbirlar natijasida, 2017 yilning I choragi davomida respublika bo`yicha 742 ta holatda tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan xato va kamchiliklarni oldi olingan, 295 ta holatda xato va kamchiliklar bartaraf etilgan.

Shuningdek, 2017 yilning I choragi davomida davlat statistika organlarida tashkil etilgan “Ishonch telefonlari”ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 56 ta murojaat kelib tushgan va barcha murojaatlar o`z vaqtida ko`rib chiqilib, murojaat mualliflariga asosli yozma javoblar berilgan.

Davlat statistika qo`mitasi rasmiy saytida nazorat organi sifatida olib borilayotgan faoliyatga doir idoraviy hujjatlar, axborotlar va ma`lumotlar muntazam ravishda joylashtirib borilmoqda. Jumladan, Qo`mita rasmiy saytida tadbirkorlik sub`ektlari bilan tashkil etiladigan profilaktika chora-tadbirlar rejasi, nazorat organi sifatida davlat statistika organlariga yuklatilgan qonun hujjatlari va idoraviy hujjatlar joylashtirilgan.

Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tavsiflovchi statistik kuzatuvlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda va statistik axborotlar hamda tahliliy ma`lumotlar Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga belgilangan muddatlarda taqdim etib borilmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2017 yil yanvar-aprel oylaridagi yakunlari bo`yicha statistik ma`lumotlar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Iqtisodiyot vazirligiga va belgilangan tartibda boshqa vazirlik hamda idoralarga taqdim etildi.

Shuningdek, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy statistik ko`rsatkichlari Qo`mitaning rasmiy saytida muntazam joylashtirib borilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining (8-ilova) 174-bandi ijrosi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda nazorat qiluvchi organlarning kichik tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga aralashuvini va ular tomonidan o`tkaziladigan rejali tekshirishlar sonini yanada qisqartirish bo`yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Mazkur Kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlarni rejalashtirishda foydalanish uchun ular nazorati ostidagi kichik tadbirkorlik sub`ektlarining ro`yxati shakllantirildi hamda elektron ko`rinishda joriy yilning 18 may kuni Davlat soliq qo`mitasiga yuborildi.

O`zbekistonning ob`ektiv reyting ko`rsatkichlarini egallashi va ulardagi mavqeini oshirish uchun talab qilinadigan statistik hamda boshqa ma`lumotlarning xalqaro hisobotlarda chop qilinishiga doir cheklovlarni bekor qilish bo`yicha takliflar tayyorlash maqsadida Davlat statistika qo`mitasi tomonidan davlat statistika organlarining faoliyati tanqidiy o`rganildi, shuningdek horijiy mamlakatlarning tajribasi va xalqaro statistik tashkilotlarning statistika faoliyatini tashkil qilish masalalari bo`yicha tavsiyalari tahlil qilindi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar ko`rsatkichlarini statistikada aks ettirishda qo`llaniladigan usullar va yondashuvlar qayta ko`rib chiqildi. Shuningdek, statistika organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining topshirig`iga muvofiq, Davlat statistika qo`mitasi tuzilmasiga o`zgartirishlar kiritish va uning funktsiyalarini kengaytirishni ko`zda tutuvchi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori loyihalari ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasining qarori doirasida “2017-2021 yillarda takomillashtirilgan metodikalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirish, statistik ma`lumotlarning sifati va uni tarqatish tizimini yaxshilash bo`yicha chora-tadbirlar dasturi”ni tasdiqlash taklif etilmoqda, dastur yo`nalishlaridan biri halqaro statistik tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, xalqaro statistik to`plamlarda respublikaning rivojlanishi to`g`risidagi ma`lumotlarni chop etish, xalqaro tavsiyalarga muvofiq ko`rsatkichlarni hisoblashning takomillashtirilgan metodikasini joriy etishdir. Buning uchun mazkur Dasturga sanoat, xizmatlar, qishloq xo`jaligi, transport, demografiya, ta`lim, innovatsiya sohalari va milliy hisoblar bo`yicha 17 ta savolnomani to`ldirish yo`li bilan O`zbekiston to`g`risidagi statistik ma`lumotlarni xalqaro tashkilotlarning elektron ma`lumotlar bazalari va maxsus nashrlarida joylashtirish bo`yicha tadbirlar kiritilgan.

Bundan tashqari, yuqorida qayd etilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida Xalqaro valyuta fondining Ma`lumotlarni tarqatish umumiy tizimi va Ma`lumotlarni tarqatish maxsus tizimiga qo`shilish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ko`zda tutilgan bo`lib, uning doirasida Ishchi guruh tuziladi hamda mavjud statistik ma`lumotlar tahlil qilinadi va qonun hujjatlariga, Ma`lumotlarni tarqatish umumiy tizimiga muvofiq chop etilishi mo`ljallangan iqtisodiy va moliyaviy ma`lumotlarni ochiq e`lon qilishni ko`zda tutuvchi o`zgartirishlar kiritish bo`yicha asoslangan takliflar ishlab chiqiladi.
Mazkur Davlat dasturining 198-bandiga muvofiq, 2017 yilning II choragida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o`quv kurslarini o`tkazish bo`yicha nodavlat ta`lim muassasalari faoliyatini rag`batlantirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish bo`yicha tuzilgan ishchi guruhida Qo`mitaning mas`ul xodimi muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Davlat dasturining 199-bandiga muvofiq, Qo`mita tomonidan har bir tuman va shaharlar bo`yicha bilim va ta`lim sohalari kesimida kasb-hunar kollejlari soni, ulardagi o`quvchilar soni, qabul qilinganlar soni, bitiruvchilar va kutilayotgan bitiruvchilar soni to`g`risidagi statistik ma`lumotlar tayyorlanib, Mehnat vazirligiga taqdim etilgan.

Davlat statistika tizimida ko`p yillar ishlagan va nafaqaga chiqqan kam ta`minlangan, yolg`iz, nogiron va bemor qariyalar hamda ishlovchi pensiya yoshidagi xodimlarni qo`llab-quvvatlash, rag`batlantirish, ularning madaniy xordiq chiqarishiga va sog`liqlarini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilib, 2017 yilning yanvar-may oylarida pensiya yoshidagi xodimlarning 92 nafariga 34,1 mln so`m miqdorida moddiy yordamlar va 93 nafariga 7,6 mln so`m miqdorida esdalik sovg`alar berildi. Shuningdek, tizimda uzoq yillar mehnat qilgan 20 nafar keksa faxriylarning teatr, kontsert va boshqa madaniy tadbirlarga tashrifi tashkil etildi, 38 nafari tibbiy ko`rikdan o`tkazildi va 7 nafari yuqumli kasalliklarga qarshi vaktsinatsiya qilindi.

Keksa avlod vakillarining bilimi va tajribasidan foydalanish maqsadida mehnat jamoalarida “Avlodlar uchrashuvi”, “Kasbim faxrim” mavzusida tadbirlar tashkil etildi.

Tizimda mehnat qilayotgan xodimlarni sog`ligini qayta tiklash maqsadida 8 nafar xodimga sog`lomlashtirish oromgohlariga (sanatoriylarga) imtiyozli yo`llanmalar berildi.

Davlat statistika organlarida ishlovchi yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak ma`naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat`iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashini yanada kengroq shakllantirish yuzasidan 1248 nafar tizimda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar ishtirokida 28 ta davra suhbatlari va seminarlar o`tkazildi.

2017 yil 24 mart va 18 may kunlari kuni Davlat statistika qo`mitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining mas`ul xodimlari ishtirokida kengaytirilgan davra suhbati bo`lib o`tdi.

Davra suhbatlarida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning mazmun-mohiyati hamda uning ijrosini ta`minlash bo`yicha Davlat statistika qo`mitasi tomonidan qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning o`z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Yanvar-iyul

Yanvar-iyun

Yanvar-aprel

Yanvar-mart

 

 

 

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash