Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

 

“2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson mafaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”da belgilangan chora-tadbirlarning davlat statistika organlarida ijrosi to`g`risida ma`lumot

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi PF-4947-sonli farmoni hamda ushbu Farmon bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida Davlat statistika qo`mitasining 2017 yil 13 fevraldagi 5-sonli buyrug`i qabul qilindi.

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning ijrosini ta`minlash bo`yicha Davlat statistika qo`mitasining kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va 2017 yil 21 fevralda tasdiqlandi. Ushbu kompleks chora-tadbirlar rejasining har bir bandi bo`yicha tegishli mas`ul ijrochilar belgilandi va ijrosi nazoratga olindi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining ijrosi yuzasidan joriy yilning 1-choragi davomida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, joriy yilning yanvar-mart oylarida Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparati boshqarmalari tomonidan 28 ta O`zbekiston Respublikasi qonunlari va Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etilishi ta`minlandi. Shu bilan birga, Qo`mitaning mas`ul xodimlari qator qonun loyihalari va Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqish bo`yicha tashkil etilgan ishchi guruhlarida faoliyat olib bormoqda.

Davlat statistika qo`mitasining Axborot xizmati tomonidan davlat statistika organlari faoliyatining muhim jihatlari yuzasidan matbuot anjumanlarini o`tkazish bo`yicha 2017 yilning 1-yarmi uchun ish rejasi tasdiqlandi va ushbu ish rejaga muvofiq joriy yil aprel oyining 3-o`n kunligida matbuot anjumanini o`tkazish belgilab olindi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi F-4849-sonli “2017-20121 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoyishiga asosan tashkil etilgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi joriy yilning 1 martidan boshlab Davlat statistika qo`mitasining Statistik ma`lumotlarni majburiy jo`natmalar reestriga kiritildi.

Davlat statistika qo`mitasi raisining virtual qabulxonasini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va joriy yilning 6 martida tasdiqlandi. Mazkur chora-tadbirlar rejasiga asosan, Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida “Raisning virtual qabulxonasi”ni tashkil etish tizimi ishlab chiqildi. Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasining 2017 yil 22 martdagi 19-sonli buyrug`iga asosan “Raisning virtual qabulxonasi” tizimini ishlatish Reglamenti tasdiqlandi. Joriy yilning 24 martidan boshlab Davlat statistika qo`mitasining rasmiy sayti(www.stat.uz)da “Raisning virtual qabulxonasi” ishga tushirildi.

Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida “Onlayn maslahat” ruknini bosqichma-bosqich joriy etish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va joriy yilning 1 martida tasdiqlandi. Hozirgi kunda Qo`mitaning rasmiy saytida “Onlayn maslahat” ruknini joriy qilish bo`yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 28 fevralida Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni ko`rib chiqish bo`yicha Davlat statistika qo`mitasining chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi hamda davlat statistika tizimi organlarida murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan monitoring va nazorat tashkil etildi.

Davlat statistika qo`mitasi tizimi xodimlari o`rtasida yuksak ma`naviy muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan milliy g`oya targ`ibotini va ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish uzasidan 2017 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va joriy yilning 6 martida tasdiqlandi. Mazkur chora-tadbirlar dasturi barcha quyi tizim organlariga yetkazildi va ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyatini targ`ib qilishga alohida e`tibor qaratish maqsadida, Davlat statistika qo`mitasi tizimida joriy yilning mart oyida 37 ta davra suhbatlari tashkil etildi va mazkur tadbirlarda tizim xodimlarining 1154 nafari ishtirok etdi.

Davlat statistika organlarida tashkil etilgan Jamoatchilik maslahat kengashlari tomonidan har chorakda, tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo`llab quvvatlash, ularga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlik sub`ektlari huquqlarining ustuvorligini ta`minlash borasida davlat statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig`ilishlar tashkil etilib, ularda jumladan, tadbirkorlik sub`ektlaridan kelib tushayotgan murojaatlar, ularda ko`rilayotgan masalalar, har bir murojaatning o`z vaqtida, qonun talablari asosida, puxta va adolatli ko`rib chiqilishini hamda ularda keltirilgan masalalarni amaliy hal etilishini ta`minlash yuzasidan  olib borilayotgan ishlar muhokama qilib borilmoqda.

Davlat statistika qo`mitasi rasmiy saytida nazorat organi sifatida olib borilayotgan faoliyatga doir idoraviy hujjatlar, axborotlar va ma`lumotlar muntazam ravishda joylashtirib borilmoqda. Jumladan, Qo`mita rasmiy saytida tadbirkorlik sub`ektlari bilan tashkil etiladigan profilaktika chora-tadbirlar rejasi, nazorat organi sifatida davlat statistika organlariga yuklatilgan qonun hujjatlari va idoraviy hujjatlar joylashtirilgan.

Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tavsiflovchi statistik kuzatuvlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda va statistik axborotlar hamda tahliliy ma`lumotlar Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga belgilangan muddatlarda taqdim etib borilmoqda. Shuningdek, Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy statistik ko`rsatkichlari Qo`mitaning rasmiy saytida muntazam joylashtirib borilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining (8-ilova) 174-bandi ijrosi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda nazorat qiluvchi organlarning kichik tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga aralashuvini va ular tomonidan o`tkaziladigan rejali tekshirishlar sonini yanada qisqartirish bo`yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

“2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson mafaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 187-bandi ijrosini ta`minlash maqsadida, Davlat statistika qo`mitasining ochiq statistik ko`rsatkichlari va statistik to`plamlaridagi statistik ko`rsatkichlari tarkibi tanqidiy tahlil qilingan holda o`rganildi. Bundan tashqari, 2017 yil uchun Davlat statistika ishlari dasturi loyihasiga xalqaro tashkilotlarning 17 ta so`rovnomasini O`zbekiston to`g`risidagi statistik ma`lumotlar bilan to`ldirish bo`yicha tegishli ishlar kiritildi.

Mazkur Davlat dasturining 198-bandiga muvofiq, 2017 yilning II choragida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o`quv kurslarini o`tkazish bo`yicha nodavlat ta`lim muassasalari faoliyatini rag`batlantirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish bo`yicha tuzilayotgan ishchi guruhiga Qo`mita tomonidan nomzod taklif etildi.

Davlat dasturining 199-bandiga muvofiq, Qo`mita tomonidan har bir tuman va shaharlar bo`yicha bilim va ta`lim sohalari kesimida kasb-hunar kollejlari soni, ulardagi o`quvchilar soni, qabul qilinganlar soni, bitiruvchilar va kutilayotgan bitiruvchilar soni to`g`risidagi statistik ma`lumotlar tayyorlanib, Mehnat vazirligiga taqdim etildi.

Davlat statistika tizimida ko`p yillar ishlagan va nafaqaga chiqqan kam ta`minlangan, yolg`iz, nogiron va bemor qariyalar hamda ishlovchi pensiya yoshidagi xodimlarni qo`llab-quvvatlash, rag`batlantirish, ularning madaniy xordiq chiqarishiga va sog`liqlarini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilib, pensiya yoshidagi xodimlarning 29 nafariga 17,2 mln so`m miqdorida moddiy yordamlar va 68 nafariga 4,3 mln so`m miqdorida esdalik sovg`alar berildi. Shuningdek, tizimda uzoq yillar mehnat qilgan 16 nafar keksa faxriylarning teatr, kontsert va boshqa madaniy tadbirlarga tashrifi tashkil etildi, 12 nafari tibbiy ko`rikdan o`tkazildi va 7 nafari yuqumli kasalliklarga qarshi vaktsinatsiya qilindi.

Keksa avlod vakillarining bilimi va tajribasidan foydalanish maqsadida mehnat jamoalarida “Avlodlar uchrashuvi”, “Kasbim faxrim” mavzusida tadbirlar tashkil etildi.

Davlat statistika organlarida ishlovchi yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak ma`naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat`iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashini yanada kengroq shakllantirish yuzasidan 452 nafar tizimda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar ishtirokida 9 ta davra suhbatlari va seminarlar o`tkazildi.

2017 yil 24 mart kuni Davlat statistika qo`mitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining mas`ul xodimlari ishtirokida kengaytirilgan davra suhbati bo`lib o`tdi.

Davra suhbatida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning mazmun-mohiyati hamda uning ijrosini ta`minlash bo`yicha Davlat statistika qo`mitasi tomonidan qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning o`z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

 

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash