Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarning davlat statistika organlarida ijrosi to`g`risida 2017 yil 1 iyul holatiga ma`lumot

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi PF-4947-sonli Farmoni hamda ushbu Farmon bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida Davlat statistika qo`mitasining 2017 yil 13 fevraldagi 5-sonli buyrug`i qabul qilingan.

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosini ta`minlash bo`yicha Davlat statistika qo`mitasining kompleks chora-tadbirlar rejasi 2017 yil 21 fevralda tasdiqlangan. Ushbu kompleks chora-tadbirlar rejasining har bir bandi bo`yicha tegishli mas`ul ijrochilar belgilangan va ijrosi nazoratga olingan.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining ijrosi yuzasidan joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, joriy yilning yanvar-iyun oylarida Davlat statistika qo`mitasi tomonidan 82 ta O`zbekiston Respublikasi qonunlari va Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etilishi ta`minlandi.

Shu bilan birga, Qo`mitaning mas`ul xodimlari qator qonun loyihalari va Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqish bo`yicha tashkil etilgan ishchi guruhlarida faoliyat olib bormoqda.

Davlat statistika organlari faoliyatining ochiqligini ta`minlash, inson huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, yuridik shaxslarga aloqador axborotni taqdim etishning zamonaviy shakllarini amalga kiritish bo`yicha muhim masalalar, Qo`mita markaziy apparatida va xududiy statistika organlarida Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mutaxassislari ishtirokida keng muhokama qilindi va ushbu muhokamalarda 688 nafar xodim ishtirok etdi.

Davlat statistika qo`mitasining Axborot xizmati tomonidan davlat statistika organlari faoliyatining muhim jihatlari yuzasidan matbuot anjumanlarini o`tkazish bo`yicha 2017 yilning 1-yarmi uchun ish rejasi tasdiqlangan. Ushbu ish rejaga muvofiq, joriy yilning 1 may kuni Milliy matbuot markazida “Zamonaviy usullar va metodikalarni joriy etish, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari statistik ko`rsatkichlarini hisobga olish va tahlil etish tizimini takomillashtirish hisobiga statistik ma`lumotlarning sifati hamda shaffofligini oshirish yo`nalishlari va istiqbollari haqida” mavzusida matbuot anjumani o`tkazildi va mazkur anjumanga ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb qilindi.

Shu bilan birga, joriy yilning 13 iyunida Davlat statistika qo`mitasining 2017 yil 2-yarmi uchun matbuot anjumanlarini o`tkazish bo`yicha ish rejasi tasdiqlandi.

Ushbu ish rejaga muvofiq, noyabr oyining 2-o`n kunligida “Davlat statistika tizimida statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axborotlari sifatini va ularni tarqatish tizimini yaxshilash bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to`g`risida” mavzusidagi matbuot anjumanini o`tkazish rejalashtirildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi F-4849-sonli “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoyishiga asosan tashkil etilgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi joriy yilning 1 martidan boshlab Davlat statistika qo`mitasining Statistik ma`lumotlarni majburiy jo`natmalar reestriga kiritilgan.

Shu bilan birga, 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson mafaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarning davlat statistika organlarida ijrosini ta`minlash bo`yicha yanvar-may oylarida amalga oshirilgan ishlar to`g`risidagi ma`lumotlar “Taraqqiyot strategiyasi” markaziga yuborilgan.

Davlat statistika qo`mitasi raisining virtual qabulxonasini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va joriy yilning 6 martida tasdiqlangan. Mazkur chora-tadbirlar rejasiga asosan, Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida “Raisning virtual qabulxonasi”ni tashkil etish tizimi ishlab chiqilgan. Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasining 2017 yil 22 martdagi 19-sonli buyrug`iga asosan “Raisning virtual qabulxonasi” tizimini ishlatish Reglamenti tasdiqlangan. Joriy yilning 24 martidan boshlab Davlat statistika qo`mitasining rasmiy sayti(www.stat.uz)da “Raisning virtual qabulxonasi” ishga tushirilgan bo`lib, hozirgi kunda uzluksiz faoliyat yuritmoqda.

2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 68-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash, davlat statistika organlariga kelib tushayotgan murojaatlarni qonun hujjatlari talablari asosida ko`rib chiqish ishlarini takomillashtirish va tizim organlarining bu boradagi faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida, 2017 yil 11 aprelda Davlat statistika qo`mitasining 56-k-sonli buyrug`i qabul qilingan. Mazkur buyruqqa asosan Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparatida Murojaatlar bilan ishlash va ijro nazorati boshqarmasi tashkil etilgan.

Shu bilan birga, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari hamda Kadrlarni tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida murojaatlar bilan ishlash bo`yicha guruhlar tashkil etilgan.

Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida “Onlayn maslahat” ruknini bosqichma-bosqich joriy etish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va joriy yilning 1 martida tasdiqlangan. Shu bilan birga, ochiq kod orqali “Onlayn maslahat” maxsus dasturiy ta`minot tizimiga kirish bilan bog`liq o`rganish ishlari amalga oshirilgan va Davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida Mibew Messenger 2.2.0 erkin dasturiy ta`minoti negizida “Onlayn-maslahat” tizimi joriy qilingan.

Davlat statistika organlarida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish, ularning og`zaki va elektron murojaatlarini qonunchilik talablari asosida ko`rib chiqilishini ta`minlashni yanada takomillashtirish maqsadida, joriy yilning 28 fevralida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni ko`rib chiqish bo`yicha Davlat statistika qo`mitasining
chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Mazkur chora-tadbirlar rejasiga asosan, Davlat statistika qo`mitasiga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosining o`z vaqtida bajarilishi doimiy nazoratga olingan va murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan doimiy monitoring tashkil etilgan.

Xususan, joriy yilning yanvar-iyun oylarida Davlat statistika qo`mitasiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar soni 1137 tani tashkil etgan. Shundan 21 tasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali, 53 tasi Davlat statistika qo`mitasi raisining virtual qabulxonasi orqali, 131 tasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan, 932 tasi to`g`ridan -to`g`ri kelib tushgan murojaatlardir.

Kelib tushgan murojaatlar Qo`mita rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, ularning barchasiga o`z muddatida to`laqonli javob yo`llanishi ta`minlandi.

Davlat statistika organlarida murojaatlar bilan ishlash bo`yicha olib borilayotgan tadbirlarning natijalari tegishli mas`ullar tomonidan tizimli tahlil va nazorat qilingan holda umumlashtirilib Qo`mitaning kengaytirilgan Hay`at yig`ilishlarida keng muhokama qilinib borilmoqda.

Davlat statistika qo`mitasi tizimi xodimlari o`rtasida yuksak ma`naviy muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan milliy g`oya targ`ibotini va ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan 2017 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi joriy yilning 6 martida tasdiqlangan. Mazkur chora-tadbirlar dasturi barcha quyi tizim organlariga yetkazilgan va ijrosi nazoratga olingan.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyatini targ`ib qilishga alohida e`tibor qaratgan holda, Davlat statistika qo`mitasi tizimida joriy yilning yanvar-iyun oylarida xodimlarning ma`naviy-ma`rifiy, g`oyaviy-mafkuraviy dunyoqarashini yanada oshirish, siyosiy va huquqiy bilimini rivojlantirish maqsadida 79 ta davra suhbatlari tashkil etildi hamda ushbu tadbirlarda tizim xodimlarining 2873 nafari ishtirok etdi.

Davlat statistika organlarida tashkil etilgan Jamoatchilik maslahat kengashlari tomonidan har chorakda, tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo`llab quvvatlash, ularga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlik sub`ektlari huquqlarining ustuvorligini ta`minlash borasida davlat statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida 22 ta yig`ilishlar tashkil etilib, ushbu yig`ilishlarda, tadbirkorlik sub`ektlaridan kelib tushayotgan murojaatlar, ularda ko`rilayotgan masalalar, har bir murojaatning o`z vaqtida, qonun talablari asosida, puxta va adolatli ko`rib chiqilishini hamda ularda keltirilgan masalalarni amaliy hal etilishini ta`minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilib borilmoqda.

Davlat statistika qo`mitasi rasmiy saytida nazorat organi sifatida olib borilayotgan faoliyatga doir idoraviy hujjatlar, axborotlar va ma`lumotlar muntazam ravishda joylashtirib borilmoqda. Jumladan, Qo`mita rasmiy saytida tadbirkorlik sub`ektlari bilan tashkil etiladigan profilaktika chora-tadbirlar rejasi, nazorat organi sifatida davlat statistika organlariga yuklatilgan qonun hujjatlari va idoraviy hujjatlar joylashtirilgan.

Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tavsiflovchi statistik kuzatuvlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda va statistik axborotlar hamda tahliliy ma`lumotlar Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga belgilangan muddatlarda taqdim etib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 1-yarim yilligida jami 178 ta so`rovlarga, shundan davlat boshqaruvi organlarining 58 ta, yuridik va jismoniy shaxslarning 34 ta, korxona va tashkilotlarning 42 ta va chet el vakolatxonalari va tashkilotlarining 10 ta so`rovlariga asosan statistik ma`lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy statistik ko`rsatkichlari Qo`mitaning rasmiy saytida muntazam joylashtirib borilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining (8-ilova) 174-bandi ijrosi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda nazorat qiluvchi organlarning kichik tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga aralashuvini va ular tomonidan o`tkaziladigan rejali tekshirishlar sonini yanada qisqartirish bo`yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Mazkur Kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlarni rejalashtirishda foydalanish uchun ular nazorati ostidagi kichik tadbirkorlik sub`ektlarining ro`yxati shakllantirilgan hamda elektron ko`rinishda joriy yilning 18 may kuni Davlat soliq qo`mitasiga yuborilgan.

O`zbekistonning ob`ektiv reyting ko`rsatkichlarini egallashi va ulardagi mavqeini oshirish uchun talab qilinadigan statistik hamda boshqa ma`lumotlarning xalqaro hisobotlarda chop qilinishiga doir cheklovlarni bekor qilish bo`yicha takliflar tayyorlash maqsadida Davlat statistika qo`mitasi tomonidan davlat statistika organlarining faoliyati tanqidiy o`rganildi, shuningdek horijiy mamlakatlarning tajribasi va xalqaro statistik tashkilotlarning statistika faoliyatini tashkil qilish masalalari bo`yicha tavsiyalari tahlil qilindi, iqtisodiyot tarmoqlari va xududlar ko`rsatkichlarini statistikada aks ettirishda qo`llaniladigan usullar va yondashuvlar qayta ko`rib chiqildi.

Shuningdek, statistika organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining topshirig`iga muvofiq, Davlat statistika qo`mitasi tuzilmasiga o`zgartirishlar kiritish va uning funktsiyalarini kengaytirishni ko`zda tutuvchi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi va 2017 yilning 2 iyunida Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori doirasida “2017-2021 yillarda statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axborotlari sifatini va ularni tarqatish tizimini yaxshilash bo`yicha chora-tadbirlar dasturi”ni tasdiqlash taklif etilmoqda.

Dastur yo`nalishlaridan biri xalqaro statistik tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo`lib, bunda xalqaro statistik to`plamlarda respublikaning rivojlanishi to`g`risidagi ma`lumotlarni chop etish, xalqaro tavsiyalarga muvofiq ko`rsatkichlarni hisoblashning takomillashtirilgan metodikasini joriy etish masalalari keng o`rin olgan.

Buning uchun mazkur Dasturga xalqaro tashkilotlarning, jumladan BMTning Statistika bo`limi, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining statistika bo`limi, yuNESKOning statistika instituti, FAO, eSKATO, MDH Statistika qo`mitasining sanoat, xizmatlar, qishloq xo`jaligi, transport, demografiya, ta`lim, innovatsiya sohalari va milliy hisoblar bo`yicha 17 ta savolnomalarini to`ldirish yo`li bilan O`zbekiston to`g`risidagi statistik ma`lumotlarni xalqaro tashkilotlarning elektron ma`lumotlar bazalari va maxsus nashrlarida joylashtirish bo`yicha tadbirlar kiritilgan.

Bundan tashqari, yuqorida qayd etilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasida Xalqaro valyuta fondining Ma`lumotlarni tarqatish umumiy tizimi va Ma`lumotlarni tarqatish maxsus tizimiga qo`shilish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ko`zda tutilgan.

2017 yilning yanvar-iyun oylarida, davlat statistika organlari tomonidan, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining statistika bo`limi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti, BMTning Atrof muhitni muhofaza qilish statistika bo`limi, yuNESKOning statistika bo`limi, Jahon banki va eSKATO xalqaro tashkilotlaridan kelgan savolnomalarga asosan qishloq xo`jaligi, ekologiya, tadbirkorlik, ta`lim, sog`liqni saqlash, migratsiya sohalari bo`yicha respublikaning rivojlanishini aks ettiruvchi statistik ma`lumotlar taqdim etilgan.

Shu bilan birga, 2017 yilning birinchi yarim yilligida BMT Statistika bo`limi, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi, yuNISEF, FAO, Yevrostat, SIATO, Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa erkin savdo uyushmasi, Avstriya Milliy banki xalqaro tashkilotlari tomonidan Avstriya, Vengriya, Shveytsariya, Gruziya, Qozog`iston, Ozarbayjon davlatlarida tashkil etilgan 15 ta xalqaro ilmiy-uslubiy konferentsiyalar, seminarlar va o`quv kurslarida davlat statistika organlari xodimlari xalqaro tajribalarni o`rganish maqsadida ishtirok etishdi.

Mazkur Davlat dasturining 198-bandiga muvofiq, 2017 yilning II choragida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o`quv kurslarini o`tkazish bo`yicha nodavlat ta`lim muassasalari faoliyatini rag`batlantirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish bo`yicha tuzilgan ishchi guruhida Qo`mitaning mas`ul xodimi muntazam ishtirok etib kelmoqda.

Davlat dasturining 199-bandiga muvofiq, Qo`mita tomonidan har bir tuman va shaharlar bo`yicha bilim va ta`lim sohalari kesimida kasb-hunar kollejlari soni, ulardagi o`quvchilar soni, qabul qilinganlar soni, bitiruvchilar va kutilayotgan bitiruvchilar soni to`g`risidagi statistik ma`lumotlar tayyorlanib, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etilgan.

Davlat statistika tizimida ko`p yillar ishlagan va nafaqaga chiqqan kam ta`minlangan, yolg`iz, nogiron va bemor qariyalar hamda ishlovchi pensiya yoshidagi xodimlarni qo`llab-quvvatlash, rag`batlantirish, ularning madaniy xordiq chiqarishiga va sog`liqlarini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilib, 2017 yilning yanvar-iyun oylarida pensiya yoshidagi xodimlarning
108 nafariga 41,9 mln so`m miqdorida moddiy yordamlar va 99 nafariga 8,2 mln so`m miqdorida esdalik sovg`alar berildi.

Shuningdek, tizimda uzoq yillar mehnat qilgan 33 nafar keksa faxriylarning teatr, kontsert va boshqa madaniy tadbirlarga tashrifi tashkil etildi, 61 nafari tibbiy ko`rikdan o`tkazildi va 7 nafari yuqumli kasalliklarga qarshi vaktsinatsiya qilindi.

Keksa avlod vakillarining bilimi va tajribasidan foydalanish maqsadida mehnat jamoalarida “Avlodlar uchrashuvi”, “Kasbim faxrim” mavzusida tadbirlar tashkil etildi.

Tizimda mehnat qilayotgan xodimlarni sog`ligini qayta tiklash maqsadida 13 nafar xodimga sog`lomlashtirish oromgohlariga (sanatoriylarga) imtiyozli yo`llanmalar va tizimda mehnat qilayotgan xodimlarning farzandlariga yoz mavsumida mazmunli dam olish va sog`liqlarini tiklash uchun bolalar oromgohlariga 11 ta yo`llanmalar berildi.

Davlat statistika organlarida ishlovchi yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak ma`naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat`iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashini yanada kengroq shakllantirish yuzasidan 1837 nafar tizimda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar ishtirokida 45 ta davra suhbatlari va seminarlar o`tkazildi.

2017 yil 24 mart va 18 may kunlari Davlat statistika qo`mitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining mas`ul xodimlari ishtirokida kengaytirilgan davra suhbatlari bo`lib o`tdi.

Ushbu davra suhbatlarida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosini ta`minlash bo`yicha Davlat statistika qo`mitasi tomonidan qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning o`z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Yanvar-iyul

Yanvar-may

Yanvar-aprel

Yanvar-mart

 

 

 

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash