Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarning davlat statistika organlarida shu yil yanvar-dekabr oylaridagi ijrosi bo`yicha
MA`LUMOT

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish bo`yicha tasdiqlangan Davlat statistika qo`mitasining chora-tadbirlar dasturini tizim organlari tomonidan ijrosini ta`minlanishi yuzasidan joriy yil davomida doimiy nazorat olib borildi.

“Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturining ijrosi monitoringi uchun, so`rovlar asosida, davlat statistika organlari tomonidan statistik ma`lumotlar shakllantirilib, tegishli davlat va xo`jalik boshqaruvi organlariga taqdim etib borildi.

Shu bilan birga, joylardagi xotin-qizlar qo`mitalari va sog`liqni saqlash tizimi vakillari bilan hamkorlikda, “Ona va bola sog`lom bo`lsa, oila baxtli, jamiyat mustahkam bo`ladi”, “Sog`lom bolani tarbiyalash – bizning umumiy vazifamiz”, “Nikoh va oila”, “Sog`lom turmush tarzi – baxtli oila garovi” mavzularida tizim xodimlari, jumladan xotin-qizlar va yoshlar o`rtasida davra suhbatlari tashkil etildi va ushbu tadbirlarda jami 2011 nafar tizim xodimlari ishtirok etdi.

Davlat statistika tizimining oila qurayotgan va farzand ko`rgan 96 nafar xodimlariga 28,9 mln so`mlik moddiy yordamlar ko`rsatildi hamda 15 nafar xodimga qo`shimcha ta`tillar berish orqali ularni har tomonlama moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash choralari ko`rildi.

Tizimda ishlovchi xotin-qizlarning 374 nafari Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida, shuningdek 11 nafari halqaro tashkilotlar tomonidan statistika sohasiga oid tashkil etilgan o`quv trening va seminarlarda ishtirok etib o`z malakalarini oshirdilar.

Shuningdek, tizimda ishlayotgan kam ta`minlangan, boquvchisini yo`qotgan, ko`p bolali oilalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadida, tizimda ishlayotgan 217 nafar xodimga 45,8 mln. so`m miqdorida moddiy yordamlar berildi.

Davlat statistika tizimida mehnat qilayotgan 36 nafar kam ta’minlangan oilalardagi ayollarga kasaba uyushmalari mablag’lari hisobidan elektr-maishiy texnika tovarlari berildi.

Bundan tashqari, xodimlar, ularning oilalari va farzandlarining dam olishini unumli tashkil etish maqsadida, ulardan 1747 nafarini bepul chiptalar asosida respublika va viloyatlardagi kinoteatrlar, teatrlar, kontsert tomoshalari va boshqa madaniy-ma`rifiy tadbirlarga tashriflari tashkil etildi.

Tizimda ishlovchi ayollar va yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida, sportning turli xil yo`nalishlari bo`yicha musobaqalar tashkil etilib, musobaqa g`oliblari faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandi.

Tizimda mehnat qilayotgan 26 nafar xodimga sog’lig’ini qayta tiklashlari uchun sog’lomlashtirish sanatoriyalariga yo’llanmalar berildi hamda xodimlarning farzandlariga yoz mavsumida mazmunli dam olish va sog’liqlarini tiklash uchun bolalar oromgohlariga 81 ta imtiyozli yo’llanmalar berildi hamda 105 nafar xotin-qizlar tibbiy ko`rikdan o`tkazildi.

Shu bilan birga, tizimda ishlovchi 342 nafar xotin-qizlar uchun respublikamizdagi tarixiy joylar va mustaqillik yillarida barpo etilgan zamonaviy arxitektura ob`ektlari bilan tanishtirish uchun sayyohlik safarlari tashkil etildi.

Shuningdek, “O’zbekiston Respublikasida ayollar va erkaklar” hamda “O’zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va aholi turmush darajasi” nomli statistik to’plamlar tayyorlandi.

Yanvar-mart

Yanvar-aprel

Yanvar-may

Yanvar-iyun

Yanvar-iyul

Yanvar-avgust

Yanvar-sentabr

Yanvar-oktabr

Yanvar-noyabr

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash