Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar sifatini yaxshilash hamda davlat statistika tizimi xodimlari bilan bir qatorda, viloyatdagi barcha korxona va tashkilotlarning bosh hisobchi va iqtisodchilari, malakasini oshirish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasining Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi tomonidan 2019 yilning 25-30 mart kunlari Termiz shahrida sayyor o‘quv kurslari o‘tkazilmoqda.

Tashkil etilayotgan sayyor o‘quv kurslari davomidagi seminar-treninglar mavzularining dolzarbligi barchamizning oldimizda turgan vazifa bo‘lganligi sababli turli boshqarmalar hamda idoralar mutaxassislari, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi va talabalari ham ishtirok etmoqda.

Jumladan, joriy yilning 25 mart kuni viloyatimizda mehmon bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Davlat statistika qo‘mitasining Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi kafedra mudiri Saidahror Saidahmedovich Gulyamov Toshkent Davlat agrar universitetining va Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Termiz filiallarida o‘qituvchi va talabalarga “Inson kapitalini rivojlantirish uchun aqliy qobiliyatini  o‘stirish va innovatsiyalarga o‘rgatadigan “aqlli ta’lim” va “aqlli tibbiyot” mavzusida ma’ruzalar o‘qidi.

 

 

 

 

Toshkent Davlat Agrar Universitetini Termiz filialida ma’ruza

 

Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Termiz filialida seminar-trening.

Seminar-treninglar davomida o‘qituvchi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil ma’lumotlar oldilar.
Seminar yakunida har ikkala oliy o‘quv yurtlari vakillari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Davlat statistika qo‘mitasining Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi kafedra mudiri Saidahror Saidahmedovich Gulyamovga ma’ruza uchun minnatdorchilik bildirdilar.
Viloyat statistika boshqarmasi ma’muriyati.

 

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash