Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Bugun 26 mart kuni viloyatimizda mehmon bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Davlat statistika qo‘mitasining Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi kafedra mudiri Saidahror Saidahmedovich Gulyamov Termiz Davlat universiteti huzuridagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida va Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universitetining Termiz filiallarida professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va talabalarga “Inson kapitalini rivojlantirish uchun aqliy qobiliyatini  o‘stirish va innovatsiyalarga o‘rgatadigan “aqlli ta’lim” va “aqlli tibbiyot” tizimini isloh qilish bo‘yicha tashkil etilgan amaliy seminarlarda ma’ruzalar o‘qidi.

Termiz Davlat universiteti huzuridagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar uchun tashkil etilgan amaliy seminarlardan lavhalar.

Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universitetining Termiz filiallarida professor-o‘qituvchilar, talabalar va filial qoshidagi akademik litsey o‘quvchilariga “Inson kapitalini rivojlantirish uchun aqliy qobiliyatini  o‘stirish va innovatsiyalarga o‘rgatadigan “aqlli ta’lim” va “aqlli tibbiyot” tizimini isloh qilish bo‘yicha tashkil etilgan amaliy seminarlaridan lavhalar.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’muriyati.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash