Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Ahmedov Qiyomxon Elyosxonovich Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Endi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan statistik nashrlarga elektron to‘lov orqali buyurtma berishingiz mumkin.

2020-yil 3-fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasida Xalqaro valyuta jamg‘armasi texnik yordam missiyasining milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha vakili Levan Gogoberishvili bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Bahodir Abdusalomovich Begalov hamda Levan Gogoberishvili mazkur missiyaning vazifalari haqida fikr-mulohaza almashdi.

Missiyaning asosiy maqsadi – diskret choraklik milliy hisoblar ko’rsatkichlari, yillik resurslar va ishlab chiqarish jadvallarini takomillashtirish hamda boshqa choraklik iqtisodiy statistika bilan bog’liq ko’rsatkichlarni tahlil qilishdan iborat.

Missiyani o‘tkazish dasturiga muvofiq, tashrifning birinchi kunida Davlat statistika qo'mitasi mas'ul xodimlari O'zbekiston milliy hisoblari joriy amaliyotining umumiy sharhini o'tkazdilar.

Missiya ishi davom etmoqda.

 

Axborot xizmati

 

2019-yil 27-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Mazkur uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan 2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qator vazifalar belgilab berilgandi.

2020-yil 17-yanvar kuni Davlat statistika qo‘mitasida yoshlarga oid davlat siyosatida amalga oshirishda yosh kadrlarning o‘rni va salohiyatini yuksaltirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Qo‘mita raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich markaziy apparatda ishlayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda Bahodir Begalov yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yosh kadrlarning o‘rni va salohiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yosh kadrlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha hayotiy misollar keltirdi. Statistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Qo‘mita raisi yoshlar oldiga bir qator vazifalarni qo‘ydi. Jumladan, ilmiy salohiyatni oshirish, yurtimizning  madaniy, tarixiy o‘tmishidan xabardor bo‘lish birga vatanparvar, tashabbuskor bo‘lishga chaqirdi.

Ochiq muloqot yakunida qo‘mita Raisi bunday uchrashuvlar muntazam ravishda davom etishini ta'kidladi. 

Axborot xizmati

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash