Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Ayni kunlarda Davlat statistika qo`mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya Fransiyaning Parij shahrida o`tkazilayotgan Yevropa statistiklari konferensiyasining 67-sessiyasida ishtirok etmoqda. Delegatsiya tarkibida BMT Bolalar fondining O`zbekistondagi vakolatxonasi (UNICEF) vakili ham qatnashmoqda.


Mazkur Yevropa statistiklari konferensiyasining 67-sessiyasida 54 ta davlatdan statistika idoralarining birinchi rahbarlari hamda xodimlaridan iborat 127 ta vakillar hamda 23 ta xalqaro tashkilotlardan 30 dan ortiq ekspertlar qatnashmoqda.

Evropa statistiklari konferensiyasi Millatlar ligasiga borib taqaluvchi tarixga ega statistik organ bo`lib, uning birinchi konferensiyasi 1928 yilda o`tkazilgan. O`tgan davr mobaynida Konferensiya mamlakatlarning statistik rivojlanishiga doimiy tarzda o`z hissasini qo`shib kelmoqda.

Hozirda Yevropa statistiklari konferensiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi hududidagi xalqaro statistika ishlarining chuqur tahlillari natijalarini ko`rib chiqadi. Tahlillar quyidagilarni muvofiqlashtirishdan iborat bo`ladi. Bunda rasmiy statistikada sun`iy yo`ldoshdan olingan suratlar va ma`lumotlardan foydalanish, shaharlar to`g`risidagi ma`lumotlar va statistika, ma`lumotlarning yangi ekosistemadagi milliy statistika tizimlari, gender statistikasi hamda boshqa turdagi yordamchi hisoblar kabi masalalarga alohida e`tibor qaratiladi.

Parij shahrida o`tkazilayotgan  mazkur sessiyada Yevropa statistiklari konferensiyasi a`zolari xalqaro statistik standartlarni hamda yetakchi tarkibiy sentimental ko`rsatkichlar, chiqindilar statistikasi, ta`lim statistikasi, umuman statistika sohasiga oid dolzarb masalalarni ko`rib chiqib, tasdiqlaydi. Shuningdek, sessiya ishi davomida statistika sohasidagi eng so`nggi yutuqlar, tavsiyalar hamda ilg`or xalqaro tajribalar bilan o`rtoqlashiladi.

Eslatib o`tamiz, Parij shahrida o`tkazilayotgan Yevropa statistiklari konferensiyasi joriy yilning 28 iyun kuni o`z ishini yakunlaydi.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash