Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

O‘zbekistondagi bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada baholashni o‘tkazish uchun Oˋzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyulda “2020-2021 yillarda Oˋzbekiston Respublikasida mulˋtiindikator klaster kuzatuvlarini oˋtkazish toˋgˋrisida”gi 625-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq kuzatuvni oˋtkazishga vakolatli organ etib Oˋzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoˋmitasi belgilandi.

Mulˋtiindikator klaster kuzatuvlar (MICS) - bu UNICEF tomonidan ishlab chiqilgan uy xo'jaliklarini kuzatish uchun xalqaro dastur hisoblanadi. MICS kuzatuvlari  bolalar va ayollarning ahvolini baholashda ishlatiladigan asosiy ko'rsatkichlarni to'plash uchun o'tkaziladi. MICS natijalari xalqaro tashkilotlar tomonidan hamda milliy Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishni monitoring qilish uchun foydalaniladi (http://www.lex.uz/docs/4441113).

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash