Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Бир ярим асрлик тарихга эга желак Термизда намойиш этилмоқдаTermizda Xalqaro baxshichilik san’ati festivali doirasida mamlakatimizning turli hududlari san’ati, madaniyati, tarixidan so‘zlovchi nodir eksponatlar namoyishi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
 
Xususan, Sho‘rchi tumanidagi 1-umumta’lim maktabi tarix va o‘lkashunoslik muzeyidan olib kelingan esponatlar e’tiborimizni tortdi. Ayollar boshiga yopinib yuradigan jelak, tol tovoq, choydush, yog‘och piyola, jun taroq kabi buyumlar bir necha asrlik tarixga ega ekan.

– Momom Xadicha Alimordonova 1978 yilda sakson besh yoshida vafot etgan, – deydi 1-umumta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi Jamila Usmonova. – Bugun festivalь mehmonlariga namoyish etayotgan eksponatlarning aksariyati o‘z davrida momomning xonadonida ishlatilgan. Masalan, mana bu ayollar boshiga yopinishiga mo‘ljallangan jelakni momom o‘n besh yoshida kelinlik davrida kiygan. Toza ipakdan to‘qilgan jelak sog‘lik uchun foydali. Qariyb bir yarim asrga ega bo‘lsa-da tabiiy ko‘rinishini yo‘qotmagan.

Momomiz xalqparvar, milliy qadriyatlarimizni e’ozlovchi, ziyoli ayol bo‘lganlar.Tunlari Alpomish va boshqa dostonlarni aytib berardilar. U kishining tarbiyalari menda milliy qadriyatlarimizga hurmat uyg‘onishiga sabab bo‘lgan. Qirq yildan buyon tarix fanidan dars beraman. Maktabimiz muzeyidagi eksponatlar soni 500 dan oshib ketdi. Maqsadimiz yoshlarni tariximiz bilan yaqindan tanishtirish, qadimiy osori-atiqalarimizni saqlab qolish.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash