Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Surxondaryo viloyati boʼyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari koronavirus infektsiyasining voha hududi boʼylab tarqalishining oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan keng koʼlamli tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.

Tinch, osuda turmushimiz posbonlari el boshiga tashvishli damlar tushgan shu kunlarda viloyatda faoliyat yuritayotgan 27 ta vaqtinchalik postlarda transport vositalari kirib, chiqishini nazorat qilish, koʼcha va xiyobonlar, ijtimoiy soha ob'ektlari va uy-joylar atrofini dizenfektsiyalashda faol ishtirok etmoqda. Karantin qoidalari va belgilangan cheklovlarga qatʼiy rioya etishning, jamoat joylarida niqob taqib yurishning ahamiyatini keng targʼib qilmoqda. Tumanlarda kam taʼminlangan, boquvchisini yoʼqotgan, nogiron, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xolidan xabar olib, bepul oziq-ovqat mahsulotlari tarqatmoqda.

– Profilaktik tadbirlar chogʼida tumanlarda aholi holidan xabar olib, ularga hozirgi karantin davrida uyda qolish va foydali mashgʼulotlar bilan band boʼlish zarurligini atroflicha tushuntirayapmiz,– deydi Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Surxondaryo viloyati boʼyicha boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari, podpolkovnik F.Usmonxoʼjaev.–Jumladan, Sherobod tumanidagi Oyinli mahallasida istiqomat qiluvchi 15 dan ortiq, Boysun tumanining togʼli va chekka hududlaridagi ellikdan ziyod kam taʼminlangan, boquvchisini yoʼqotgan, nogiron, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonida boʼlib, bepul oziq-ovqat mahsulotlari tarqatdik. Jazo muddatini oʼtab qaytgan fuqarolar xonadonlaridan hol-ahvol soʼrab, bepul birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari topshirdik. Xonadonlar dezinfektsiya qilindi.

 

Аslida insonning irodasi boʼsh yoki qatʼiyligi mana shunday sinovli kunlarda bilinadi. Iroda va ishonch mustahkam, ahillik boʼlsa har qanday baloni yengish oson kechadi. Zero, dunyoga pandemiya chang solayotgan bir paytda mamlakatimizda aholiga xavfsizligini taʼminlash borasida tizimli ishlar olib borilayotgani eʼtiborga sazovordir. Bugun faqat barchamizdan ortiqcha xavotirga tushmasdan, vazmin boʼlish va albatta, koʼchaga chiqmasdan uyda qolish talab etilmoqda, xolos.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash