Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Jarqoʼrgʼon tumanida “Jasur agromash servis MTP” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilgan gipsokarton mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasining umumiy qiymati 2,5 million dollar boʼlib, uning 1,250 million dollari tashabbuskorniki, 1,250 million dollar xizmat koʼrsatuvchi tijorat banki kredit mablagʼidir.

Korxona yiliga 5 000 kv.m. gipsokarton mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega boʼlib, tayyor mahsulotning 50-60 foizi eksportga, qolgan qismi viloyatimizning shahar va tumanlari hamda Respublikamizning boshqa hududlariga yoʼnaltirilmoqda.

Korxonada 75 nafar fuqaroning bandligi taʼminlangan. 

“Jasur agromash servis MTP” MChJ tomonidan korxona faoliyatini kengaytirish, tovar va xizmatlar turini koʼpaytirish maqsadida yil yakuniga qadar rotband, shpatlyovka, mel va boshqa quruq qurilish aralashmalari, shuningdek, gipsokarton plitalarini qotirishda ishlatiladigan profillar, shurup, samorezlar ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish rejalashtirilgan. Buning natijasida korxonada yana qoʼshimcha 100 ta yangi ish oʼrni yaratiladi.

 

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

 

 

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash