Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga viloyatda dehqon va fermer xo‘jaliklaridan tashqari 27 176 ta faol korxona va tashkilot mavjud.
Shundan 22 849 tasi yoki 84,1 foizi kichik korxona va mikrofirmalardir. 2025-yilning shu davriga nisbatan faol korxona va tashkilotlar soni 8,1 foizga oshgan.
TOP-5 hudud:
Termiz shahri — 5 347 ta
Denov tumani — 3 045 ta
Jarqo‘rg‘on tumani — 2 022 ta
Sherobod tumani — 1 958 ta
Termiz tumani — 1 757 ta




