Joriy yilning 20-fevral kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida viloyatdagi korxona va tashkilotlar demografiyasi to’g’risida brifing bo'lib o'tdi.
Korxona va tashkilotlarning soni - 2025-yil 1-aprel holatiga koʻra, viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno) 23 838 tani tashkil etadi, shundan 19 775 tasi yoki 83,0 foizi kichik korxona va mikrofirmalardir,
Tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha maʼlumotlar - 2025-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, 19 894 ta faol tijorat korxonalaridan 11 927 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etilgan bo‘lib, ular tashkiliy huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar orasida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar - 2025-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, хorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni, 2024-yilning mos davriga nisbatan 187 taga oshgan. Bu asosan, savdo sohasidagi korxonalar sonining 169 tadan 340 taga, (o‘sish 171 taga), axborot va aloqa sohasida 5 tadan 16 taga (o‘sish 11 taga) va qurilish sohasida 21 tadan 30 taga (o‘sish 9 taga) ko‘payishi hisobiga yetdi.