01/05/2025

2025-yil 1-aprel holatiga, ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 375 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 16 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 359 tani tashkil qildi.

- Viloyat bo‘yicha 2025-yilning yanvar-mart oyida ulgurji savdo tovar aylanmasi 2 226,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 7,6 % ga o‘sdi.

- Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 2 027,3 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,4 % ga to‘g‘ri keldi.

- Viloyatda jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 91,0 % ni tashkil qildi.