2024/2025-oʻquv yili boshiga Surxondaryo viloyatining umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida mehnat faoliyatini yuritayotgan oʻqituvchilar (oʻrindoshlarsiz) soni 50,3 ming kishini tashkil etgan va 2020/2021-oʻquv yili boshiga nisbatan 6,6 ming kishiga, yaʼni 5,2 % ga koʻpaygan.
Surxondaryo viloyatida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi oʻqituvchilardan oliy ma’lumotlilari – 42,1 ming kishi (jamiga nisbatan 83,7 %) va o‘rta-maxsus ma’lumotlilar 8,2 ming kishini (jamiga nisbatan 16,3 %) tashkil etgan.