2025-yil 1-iyun holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 375 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 16 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 359 tani tashkil qildi.
Viloyat bo‘yicha 2025-yilning yanvar-may oyida ulgurji savdo tovar aylanmasi 4 078,7 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 5,9 % ga o‘sdi.
Kichik biznes subektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 3 715,6 mlrd so‘mni tashki lqilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,5 % ga to‘g‘ri keldi. Viloyatda jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 91,1 % ni tashkil qildi.