15/07/2025

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida "Oʼzbekiston kasaba uyushmalari tarixining 120 yilligi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Bugun kunda statistika boshqarmasi kasaba uyushmasiga bo‘lgan qarash tubdan o‘zgardi. Buni statistika tizimda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda ko‘rish mumkin. Albatta, kasaba uyushmalari safining tobora kengayib borayotganini, a’zolarning kasaba uyushmalariga bo‘lgan ishonchi bilan bog‘lash mumkin.

Tadbir ishtirokchilariga kasaba uyushmalari tarixi haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi. Qayd etilganidek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining boshlanishi ham o‘ziga xos tarixga ega. Tadqiqotlarga ko‘ra, O‘zbekiston kasaba uyushmalari qariyb 120 yillik tarixga ega bo‘lib, o‘lkadagi ilk kasaba uyushmalari 1905-yilda temir yo‘l ishchilari va aloqa xodimlari tomonidan tashkil etilgan. Shu zaylda boshqa sohalarda ham kasaba uyushmalari tuzilib, ishchi-xodimlarning manfaatlariga xizmat qiladi. Bundan ko‘rinib turibdi, kasaba uyushmalari ilk qadamlarini bilim va ma’rifat asosida tashlaganliklaridan dalolat berishi haqida ishtirokchilarga ma'lumotlar berildi.