15/07/2025

2025-yil 1-iyul holatiga koʻra, viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona va tashkilotlar tahlil qilganda, yetakchi o‘rinni 372 ta korxona bilan Afg‘oniston respublikasi egalladi.

Bu viloyatdagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 67,1 foizini tashkil etdi.

Surxondaryo viloyati iqtisodiyotiga o‘z kapitalini kiritib hissasini qo‘shaytgan mamlakatlar orasida Rossiya Federatsiyasi (7,0 %), Tojikiston (5,8 %), Turkiya (5,1 %), Xitoy (3,8 %) va Qozog‘iston (2,3 %) ham alohida o‘rin egallaydi.