31/07/2025

Aholi tabiiy oʻsishi yuqori:

2025-yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda 37 ming nafar bola dunyoga kelgan.

Shu davrda 6,3 ming nafar kishi vafot etgan.

Natijada, aholining tabiiy oʻsishi 30,8 ming kishiga teng boʻldi.

Migratsiya va oilaviy ahvol:

Viloyatga xorijiy davlatlardan koʻchib kelganlar qayd etilmagan.

Viloyatdan xorijga koʻchib ketganlar soni esa 13 kishini tashkil etdi.

Qayd etilgan nikohlar soni 8,0 mingta, nikohdan ajralishlar soni esa 1,5 mingta boʻlgan.

Mazkur ma'lumotlar viloyatimizda aholi sonining oʻsish tendentsiyasi davom etayotganini, tabiiy oʻsishning ijobiy saldosi va migratsiya oqimining nisbatan kamligini koʻrsatadi.