2025-yil yanvar-iyun oylarida dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda, bozor xizmatlari hajmi 15 369,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.
2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,7 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 2 860,1 mlrd so‘mga o‘sishi qayd etildi.
Ma’lumot uchun: 2024-yil yanvar-iyun oylarida xizmatlar hajmi 12 509,3 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati esa 110,3 % ni tashkil etgan.