22/08/2025

2025-yilning yanvar-iyul oylarida, Surxondaryo viloyatida jami 8 304,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 110,2 % ni tashkil etdi.

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2025-yilning yanvar-iyul oyida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 762,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 143,6 % ni va ularning umumiy hajmdagi ulushi 2,1 % ga ko‘payib, 9,2 % ni tashkil etdi.

Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 55,5 % i to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 107,5 % ni tashkil etgan holda 4 609,2 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.

Norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 35,3 % ni yoki 2 933,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 107,9 % ni tashkil etdi.