Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari uchun Ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida, qadimiy Termiz shahrining durdonasi – buyuk mutafakkir va hadisshunos Abu Iso Muhammad at-Termiziy (Al-Hakim at-Termiziy) majmuasiga ziyorat tashkil etildi..
Ziyorat davomida ishtirokchilar buyuk allomaning hayoti va ilmiy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Ziyorat yakunida esa xodimlarning tashabbusi bilan xayrli ishga qo‘l urildi – ehson dasturxonlari tashkillashtirildi. Bu tadbir jamoada mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlab, ijtimoiy birdamlik va hamjihatlik ruhini yanada oshirdi.
Bundaj xayrli va ma'naviy tadbirlar nafaqat jamoaviy ruhni ko'taradi, balki har bir xodimning ish faoliyatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatib, ularni yanada g'ayrat bilan ishlashga undaydi.