03/09/2025

Joriy yilning 3-sentabr kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida Milliy statistika qoʻmitasi hamda Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig'i tomonidan hududiy statistika organlari xodimlari uchun sayyor o‘quv seminari o‘tkazildi.

Ushbu seminar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-75-sonli qaroriga muvofiq, tadbirkorlarga “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini tashkil etish masalalarini muhokama qilishga bag'ishlandi.

Seminarda statistika organlari tomonidan konsalting xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etish mexanizmlari aniq misollar bilan koʻrsatib o‘tildi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil va tushunarli javoblar berildi.