Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi 2025-yilning 1-avgust holatiga ko'ra chakana savdo sohasidagi muhim ko'rsatkichlarni e'lon qildi.
Tijorat korxonalari:
Jami faoliyat ko'rsatayotgan tijorat korxonalari: 5 158 ta
Yirik korxonalar: 72 ta
Kichik korxona va mikrofirmalar: 5 086 ta
Chakana savdo tovar aylanmasi:
2025-yilning yanvar-iyul oylari davomida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi jami 15 058,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Bu ko'rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 109,2 % ga o‘sganligini bildiradi.