Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida jamiyatimiz uchun dolzarb bo'lgan masalaga bag'ishlangan seminar tashkil etildi. "Korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha olmaymiz" mavzusida o‘tkazilgan ushbu tadbirda boshqarma xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda korrupsiya illati nafaqat iqtisodiyot, balki jamiyatning barcha jabhalariga salbiy ta'sir ko'rsatishi, ma'naviyatni buzuqqa aylantirishi, ijtimoiy rivojlanishga to'siq bo'lishi ta'kidlandi. Xususan, statistika tizimidagi shaffoflik va halollikning ahamiyati, korrupsiyaga qarshi qat'iy kurashish zarurati muhokama qilindi.
Tadbirda xodimlarga korrupsiyaga qarshi qonunchilik, ushbu illatning oldini olish mexanizmlari, shuningdek, korrupsiyaviy holatlar aniqlanganda tegishli organlarga murojaat qilish tartiblari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.