12/02/2026

Sho‘rchi tumanidagi “Yakkabog‘” mahallasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari olib borilmoqda. Qishning sovuq kunlariga qaramay, mahalla ijtimoiy xodimi Sarvinoz Qulto'rayeva ushbu jarayonda faol ishtirok etib, xonadonma-xonadon yurib aholini ro'yxatdan o'tkazishga ko'maklashyapti.

Ma'lumot uchun, mazkur mahallada qariyb 4000 nafardan ortiq fuqaro istiqomat qiladi. Ulardan 300 ga yaqin shaxslar ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olingan.

Huddi shunday olis va chekka hududlardagi ijtimoiy xodimlar ham ob-havoning noqulayligiga qaramay, ro‘yxatga olish jarayonida yuqori mas’uliyat va jonbozlik ko'rsatishyapti.