12/02/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar respublikamizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbir mamlakatimizning demografik, ijtimoiy va iqtisodiy holatini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu jarayonda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tuman hokimligi o‘zaro hamkorlikda faol ishtirok etmoqda. Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga ko‘maklashish maqsadida institutning Pedagogika fakulteti talabalari orasidan 16 nafar volontyor talabalar jalb etilgan.

Volontyor talabalar aholi bilan bevosita ishlash, ro‘yxatga olish jarayoni bo‘yicha tushuntirishlar berish, savolnomalarni to‘ldirishda amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, onlayn  ro‘yxatga olish ishlarida tashkilotchilik vazifalarini bajarib kelmoqda.