12/02/2026

Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar o‘rtasida tasodifiy tanlash (random) usuli orqali navbatdagi g‘oliblar aniqlandi.

Quvonarlisi, ushbu sovrindorlar safida vohadoshimiz ham bor!

Denov tumani: "A Jomiy" MFYda yashovchi fuqaro Shukrullayeva Muxlisabonu Mamirdjon qizi

savolnomani to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirganligi uchun Planshet qurilmasi hamda tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Surxondaryo viloyati Statistika boshqarmasi boshlig'i B. Choriyev hamda tuman hokimliklari vakillari g‘olibning xonadonlariga tashrif buyurib, sovg‘alarni topshirdilar.

Eslatib o‘tamiz: Siz ham aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarida onlayn ishtirok eting va qimmatbaho sovg‘alar g‘olibiga aylaning!