Surxondaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan yoshlar o‘rtasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirokni kuchaytirish, ularning fuqarolik mas’uliyatini oshirish hamda ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish maqsadida “Men ro‘yxatdan o‘tdim!” shiori ostida onlayn tanlov tashkil etildi.
Mazkur tanlov doirasida o‘zining faolligi, tashabbuskorligi va mas’uliyatli yondashuvi bilan ajralib turgan ishtirokchilar alohida e’tirof etildi. Tanlovning faol ishtirokchilari Surxondaryo viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Shamsiddin Fatxullayev tomonidan munosib taqdirlanib, ularning jamiyat hayotidagi tashabbuskorligi yuksak baholandi.




