12/02/2026

Bugun erta tongdan Surxondaryo viloyati bo‘ylab aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichiga start berildi. Mazkur jarayonda hududlardagi "mahalla yettiligi" a’zolari alohida tashabbus ko‘rsatmoqdalar.

Jumladan, Termiz shahrining "O‘zbekiston" mahallasi yettiligi ham ishni uyushqoqlik bilan boshlab yubordi. Mas’ullar xonadonma-xonadon yurib, ayrim sabablarga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmagan fuqarolar bilan muloqot qilmoqda va savolnomalarni to‘ldirishmoqda.

Quvonarlisi, mahalla ahli ham bu jarayonga befarq bo‘lmay, ro'yxatga oluvchilarga yaqindan ko‘maklashmoqda.

Unutmang: Ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etish — bu nafaqat statistika, balki farzandlarimiz kelajagi va yurtimiz taraqqiyoti uchun muhim poydevordir!