Surxondaryo viloyati, Angor tumanining "Yangi O‘zbekiston" massivida joylashgan "Sharq guli" mahallasida muhim jarayon — aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Ayni vaqtda mahalla yettiligi ro‘yxatga olish jarayonlarida yuqori faollik ko‘rsatmoqda. Xususan, mas'ullar birinchi bosqichda onlayn ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmagan xonadonlarga birma-bir tashrif buyurib, so‘rovnomalarni to‘ldirishmoqda.
Ayni vaqtda mahallada:
Aholi soni: 5 151 nafar
Xonadonlar: 1 967 ta
Oilalar soni: 1 802 ta
Ushbu jarayondan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini aniq ma'lumotlar asosida shakllantirishdir.




