Surxondaryo viloyati bo‘ylab aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi barcha hududlarda davom etmoqda. Mazkur jarayonda hududlardagi "mahalla yettiligi" a’zolari alohida tashabbus ko‘rsatmoqdalar.
Jumladan, Jarqo'rg'on tumanining "Nurli diyor" mahallasi yettiligi ham ushbu tadbirni uyushqoqlik bilan davom ettirmoqdalar. Mas’ullar xonadonma-xonadon yurib, ayrim sabablarga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmagan fuqarolar bilan muloqot qilmoqda va savolnomalarni to‘ldirishmoqda.
Quvonarlisi, mahalla ahli ham bu jarayonga befarq bo‘lmay, ro'yxatga oluvchilarga yaqindan ko‘maklashmoqda.
Unutmang: Ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etish — bu nafaqat statistika, balki farzandlarimiz kelajagi va yurtimiz taraqqiyoti uchun muhim poydevordir!
Fevral oyi — ro‘yxatga olish tadbirlarining eng mas’uliyatli pallasi: Surxondaryoda jarayon qanday kechmoqda?
Surxondaryo viloyatida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Viloyat shtabida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda ushbu muhim jarayonning borishi va erishilgan natijalar atroflicha tahlil qilindi.
Asosiy e’tibor — hali ro‘yxatdan o‘tmagan xonadonlarni to‘liq qamrab olishga qaratilgan. Yig‘ilishda mutasaddilarga uyma-uy yurish ishlarini yanada jadallashtirish va har bir fuqaroning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Jarayonni bevosita Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari N. Qodirov va respublika ishchi guruhi vakillari muvofiqlashtirib bormoqda. Ular har kuni ikki mahal shtablar faoliyatini ko‘zdan kechirib, texnik va tashkiliy muammolarni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rmoqdalar.




