Surxondaryo viloyati bo‘ylab aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi barcha hududlarda davom etmoqda. Mazkur jarayonda hududlardagi "mahalla yettiligi" a’zolari alohida tashabbus ko‘rsatmoqdalar.
Jumladan, Qumqo'rg'on tumanining "Bog'oro" mahallasi yettiligi ham ushbu tadbirni uyushqoqlik bilan davom ettirmoqdalar. Mas’ullar xonadonma-xonadon yurib, ayrim sabablarga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmagan fuqarolar bilan muloqot qilmoqda va savolnomalarni to‘ldirishmoqda.
Quvonarlisi, mahalla ahli ham bu jarayonga befarq bo‘lmay, ro'yxatga oluvchilarga yaqindan ko‘maklashmoqda.
Unutmang: Ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etish — bu nafaqat statistika, balki farzandlarimiz kelajagi va yurtimiz taraqqiyoti uchun muhim poydevordir!




