O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi kurashda keskin va qat’iy pozitsiyani e’lon qilgan edi. Mazkur Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi targ‘ibot seminari tashkil etildi.
Joriy yilning 4-fevral kuni bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalarining dolzarbligi, ushbu ijtimoiy illatning jamiyat rivojiga to‘siq bo‘ladigan salbiy oqibatlari va ularning oldini olish choralari atroflicha muhokama qilindi.
Seminarda tizim xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halol va fidoyi kadrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ish faoliyatida halollik tamoyillarini qaror toptirish muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.




