25/02/2026

Surxondaryo viloyatida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Viloyat shtabida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda ushbu muhim jarayonning borishi va erishilgan natijalar atroflicha tahlil qilindi.

 

Asosiy e’tibor — hali ro‘yxatdan o‘tmagan xonadonlarni to‘liq qamrab olishga qaratilgan. Yig‘ilishda mutasaddilarga uyma-uy yurish ishlarini yanada jadallashtirish va har bir fuqaroning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha  ko‘rsatmalar berildi.

 

Jarayonni bevosita Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari N. Qodirov va respublika ishchi guruhi vakillari muvofiqlashtirib bormoqda. Ular har kuni ikki mahal shtablar faoliyatini ko‘zdan kechirib, texnik va tashkiliy muammolarni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rmoqdalar.