25/02/2026

Surxondaryo viloyati bo‘ylab aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi barcha hududlarda davom etmoqda. Mazkur jarayonda hududlardagi "mahalla yettiligi" a’zolari alohida tashabbus ko‘rsatmoqdalar.

Jumladan, Termiz shahrining "Tuproqqo'rg'on" mahallasi yettiligi ham ushbu tadbirni uyushqoqlik bilan davom ettirmoqdalar. Mas’ullar xonadonma-xonadon yurib, ayrim sabablarga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmagan fuqarolar bilan muloqot qilmoqda va savolnomalarni to‘ldirishmoqda.

 

Unutmang: Ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etish — bu nafaqat statistika, balki farzandlarimiz kelajagi va yurtimiz taraqqiyoti uchun muhim poydevordir!