Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlari o‘rtasida qurilish korxonalari soni bo‘yicha quyidagi hududlar yetakchilik qilmoqda:
- Termiz shahri — 471 ta
- Termiz tumani — 150 ta (viloyat ulushining 8,1 %i)
- Denov tumani — 147 ta (viloyat ulushining 7,9 %i)
- Jarqo‘rg‘on tumani — 139 ta
- Sariosiyo tumani — 138 ta
Ushbu tumanlarda infratuzilma loyihalarining faolligi hududiy iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
So‘nggi 5 yil ichida viloyatdagi qurilish korxonalari soni quyidagicha o‘zgardi:
2021-yil — 2 517 ta
2022-yil — 2 757 ta
2023-yil — 2 932 ta (eng yuqori ko‘rsatkich)
2024-yil — 2 289 ta
2025-yil — 1 851 ta




