2025-yilning yanvar-dekabr oylarida Surxondaryo viloyatida 81 885 ta tug‘ilganlar qayd etilgan.
Shundan:
o‘g‘il bolalar - 42 285 nafar,
qiz bolalar - 39 600 nafarni tashkil etadi.
Viloyatimiz hududlari kesimida tug'ilganlar soni quyidagicha taqsimlangan:
Denov - 12 406 ta,
Qumqo'rg'on - 7 215 ta,
Jarqo'rg'on - 6 987 ta,
Sho'rchi - 6 890 ta,
Sariosiyo - 6 465 ta,
Oltinsoy - 5 636 ta,
Sherobod - 5 572 ta,
Uzun - 5 445 ta,
Termiz sh - 4 830 ta,
Muzrabot - 4 174 ta,
Angor - 3 803 ta,
Qiziriq - 3 533 ta,
Boysun - 3 393 ta,
Termiz - 2 775 ta,
Bandixon - 2 761 ta.
Ma’lumot uchun: tirik tug‘ilganlik mezonlaridan (nafas, yurak urish, kindik pulsatsiyasi, muskullarning beixtiyor qisqarishi) biri mavjud bo‘lsa bola tirik tug‘ilgan hisoblanadi. Bunda onaning homiladorlik muddati 22 hafta va undan ortiq, bolaning bo‘yi 25 sm va undan ortiq, vazni 500 gramm va undan ortiq bo‘lishi lozim.




