12/03/2026

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz muhitni shakllantirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi

Tadbirda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar va ularga qarshi kurashishning samarali usullari atroflicha muhokama qilindi.

Qonunchilikdagi o‘zgarishlar va xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish korrupsiyaga qarshi eng asosiy to‘siq ekanligi ta’kidlandi.

Davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalariga rioya etishi, xizmat vazifasini bajarishda shaffoflikni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Korrupsiyani jilovlashda xalqaro standartlar va muvaffaqiyatli davlatlar tajribasi haqida ma’lumotlar berildi.

Muloqot davomida ta’kidlanganidek, statistika tizimida ma’lumotlarning haqqoniyligi va shaffofligini ta’minlashda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish muhim ahamiyatga ega.