30/03/2026

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-mart holatiga, Surxondaryoda nashriyotchilik faoliyati sohasida 79 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22 taga ko‘paygan.

Ularning soni yillar kesimida quyidagicha (1-mart holatiga):

2022-yil – 56 ta;

2023-yil – 61 ta;

2024-yil – 64 ta;

2025-yil – 57 ta;

2026-yil – 79 ta.