06/04/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatida O‘zbekistonning doimiy aholisi 38 million 236 ming 704 kishini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bilan mamlakatimiz aholi soni bo‘yicha dunyodagi eng ko‘p aholiga ega 40 ta davlat qatoriga kirdi.

Dunyo aholisi sonining har milliardga o‘sishi:

1804-yil – 1 mlrd kishi

1927-yil – 2 mlrd kishi

1960-yil – 3 mlrd kishi

1974-yil – 4 mlrd kishi

1987-yil – 5 mlrd kishi

1999-yil – 6 mlrd kishi

2011-yil – 7 mlrd kishi

2022-yil – 8 mlrd kishi

2026-yil holatiga ko‘ra, dunyo aholisi 8,2 milliarddan oshgan.