17/04/2026

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–fevral oylari yakuni bo‘yicha viloyatda jami 6 063,4 ming AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Ushbu ko‘rsatkich umumiy eksport hajmining 10,0 foizini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,3 foizga oshgani qayd etildi.

Eksport tarkibida asosiy ulush quyidagicha shakllangan:

ip-kalava — 70,1 %

gazlamalar — 10,2 %

trikotaj mato — 1,6 %

boshqa to‘qimachilik mahsulotlari — 0,4 %