Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida viloyat iqtisodiyotida barqaror o‘sish sur’atlari kuzatildi.
Yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi:
Viloyat bo‘yicha YAHM hajmi joriy narxlarda 13 415,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 9,1 % ga o‘sganligini ko‘rsatmoqda.
YAHM deflyator indeksi: 2026-yilning yanvar-mart oylari narxlariga nisbatan 108,9 % ni tashkil qildi.
Respublika iqtisodiyotidagi ulushi: O‘zbekiston Respublikasi Yalpi ichki mahsulotining (YAIM) shakllanishida Surxondaryo viloyatining qo‘shgan hissasi 3,0 % ga yetdi.




