13/05/2026

2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida jami 3 089 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.

Sanoat korxonalari asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida quyidagicha taqsimlangan:

791 ta (25,6 %) — boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish;
675 ta (21,9 %) — oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish;
276 ta (8,9 %) — mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish;
229 ta (7,4 %) — kiyim ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.

Hududda sanoat tarmoqlarining barqaror rivojlanishi iqtisodiy o‘sish hamda yangi ish o‘rinlari yaratilishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.