Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida xodimlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi “Milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-son qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida Boshqarma bosh yuriskonsulti A. Muminov tomonidan qarorda belgilangan vazifalar, statistika tizimida zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish hamda tizim samaradorligini yanada yuksaltirish masalalariga oid tushunchalar berildi.
Shuningdek, sohaga oid axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, elektron ma’lumotlar bazalarini yuritish va statistik hisobotlarni raqamlashtirish bo‘yicha xodimlarga tushuntirishlar berildi.




