Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida 2026-yil 15-apreldagi 90-sonli O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida seminar tashkil etildi.
Mazkur buyruq bilan “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari xodimlarining malakasini oshirish, ularni stajirovka va attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan.
Seminar Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A.Muminov tomonidan o‘tkazilib, unda nizomning mazmun-mohiyati, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini takomillashtirish, xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda attestatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.




