2026-yilning yanvar–mart oylarida Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5 000,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 109,7 foizga oshgan.
Shundan:
Chorvachilik mahsulotlari — 4 134,8 mlrd so‘m (103,4 %)
Dehqonchilik mahsulotlari — 865,3 mlrd so‘m (144,7 %)
Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi eng yuqori bo‘lgan tumanlar:
Denov — 733,3 mlrd so‘m
Sherobod — 497,0 mlrd so‘m
Qumqo‘rg‘on — 451,3 mlrd so‘m
Jarqo‘rg‘on — 440,3 mlrd so‘m
Eng kam ko‘rsatkich qayd etilgan hududlar:
Termiz shahri — 27,1 mlrd so‘m
Bandixon tumani — 99,4 mlrd so‘m
Qiziriq tumani — 120,4 mlrd so‘m




