Surxondaryo viloyatining eksport geografiyasida Birlashgan Arab Amirliklari yetakchilik qilmoqda. Mazkur davlatga eksport hajmi 84,1 mln AQSH dollarini tashkil etib, boshqa hamkor davlatlardan sezilarli darajada yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.
Shuningdek, eksport hajmi bo‘yicha keyingi o‘rinlarda:
Birlashgan Arab Amirliklari – 84,1 mln dollar
Afg‘oniston – 46,7 mln dollar
Rossiya Federatsiyasi – 39,3 mln dollar
Xitoy – 7,4 mln dollar
Xitoy, Gonkong MMR – 6,4 mln dollar
Pokiston – 4,9 mln dollar
Eron Islom Respublikasi – 2,2 mln dollar
Ushbu ma’lumotlar Surxondaryo viloyati eksportida qo‘shni davlatlar hamda Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi.




