Surxondaryo viloyat statistika boshqarmasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish hamda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar chaqqonlik, tezkorlik va sport mahoratini namoyish etib, qiziqarli va murosasiz bahslarda bellashdilar. Tadbir xodimlar o‘rtasida jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.
Yakunda eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar g‘olib va sovrindor sifatida e’tirof etilib, taqdirlandilar.





